Kolposkopiya qilishning 3 sababi
Hayot sifati
Yangilangan:
Ayol bachadon bo‘yni saratoni tufayli dunyodan ko‘z yumganida uning o‘limida saratondan boshqa yana kimdir sababchi qilib ko‘rsatiladi. Onkoginekologiya bo‘limidagi aksariyat hikoyalar shunday boshlanadi: «5–10–15 yildan beri ginekolog qabulida bo‘lmaganman». Ginekolog Dilnoza Maqsudova kolposkopiya qilish sababi va shifokor qabuliga borishni ortga surmaslik zarurati haqida so‘zlab beradi.

Dilnoza Maqsudova, ginekolog-endokrinolog, kolposkopist, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali shifokor, Rossiyaning bachadon bo‘yni patologiyasi va kolposkopiya bo‘yicha assotsiatsiyasi aʼzosi
Kolposkopiyaning afzalligi haqida uchta asosiy sabab keltiriladi:
- Oddiy ko‘rikdan ko‘ra yaxshiroq tasvirga olishga erishiladi. Tasvir yuqori darajada tiniqligi tufayli eng kichik o‘zgarishlarni ham aniqlash mumkin.
- Natijalar dinamikasini bilish va davolash samarasini nazorat qilish uchun hujjatlashtirish imkoniyati.
- Kolposkopiya har yilgi tibbiy ko‘rikda majburiy muolajalar ro‘yxatiga kiradi.
Siz oxirgi marta qachon ginekolog qabulida bo‘lgansiz?
Har yili jahonda yarim milliondan ortiq ayolga bachadon bo‘yni saratoni tashxisi qo‘yiladi. Ulardan 200 ming nafari vafot etadi. Bachadon bo‘yni saratoni onkologik kasalliklarga chalingan ayollar xastaliklari orasida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Har yili ginekolog ko‘rigidan o‘tish va eng oddiy zaruriy tahlillarni topshirish shifokorga kasallikning saratonoldi bosqichi hamda kelgusida saraton kasalligiga aylanishi mumkin bo‘lgan sharoitni aniqlash imkonini beradi.
Unutmang:
– har yarim yilda ginekolog qabuliga kirishni rejalashtirish har bir ayolning odatiga aylanishi kerak.
– yilda kamida bir marta sitologik tekshiruv uchun bachadon bo‘ynidan surtma topshirish shart.
– tashxisga aniqlik kiritish uchun kolposkopiya qilinadi.
Kolposkopiya – obyektni 30 marta kattalashtirib ko‘rsatadigan maxsus optik tizimli uskuna – kolposkop yordamida vulva, qin va bachadon bo‘ynini ko‘rikdan o‘tkazish muolajasi.
- Bachadon bo‘yni patologik holatlari qanday tashxislanadi?
Kolposkopiya vaqtida maxsus eritma va turli rangli filtrlar yordamida vulva, qin va bachadon bo‘yni ko‘rikdan o‘tkaziladi. Muolaja og‘riqsiz kechadi va hech qanday maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi. Bachadonning maʼlum bir qismi sinchkovlik bilan o‘rganilganda shifokor biopsiyani taklif qilishi mumkin.
- Muolajaga qanday tayyorlanish kerak?
Shifokor-ginekolog tekshiruvni hayz siklining qaysi kuniga belgilash zarurligini aniqlaydi.
Muolajadan 72 soat oldin quyidagilar tavsiya etilmaydi:
- jinsiy aloqa;
- qin ichiga shamchalar, malhamlar, tamponlar, tabletkalar qo‘yish, spreylardan foydalanish;
- chayinish uchun turli gigiyenik vositalarni qo‘llash;
- sprinsevaniya, vanna qabul qilish.
Ko‘rishlar: 51
https://anatomica.uz/uz/articl...







