Giyohvandlikdan reabilitatsiya qilishning 3 bosqichi

Hayot sifati

Yangilangan:

Narkotikka qaramlikdan keyingi tiklanish qanday kechadi? Gipnoz qachon yordam beradi va mehnat terapiyasi samarasi qanday? Yengib oʼtish bosqichlari haqida Tatyana Sobornitskaya soʼzlaydi.

 

 

 

Tatyana Sobornitskaya, Toshkent shahri narkologiya dispanseri birinchi toifali shifokor-psixoterapevti, statsionar boʼlimi mudiri

 

- Bemor qanday bosqichlardan oʼtadi?

 

Tibbiy-ijtimoiy tiklanish davri bir necha bosqichdan iborat:

 

1-bosqich – moslashish

 

Bemor ikki haftada moslashadi.

 

 

2-bosqich – integratsiyalashuv

 

Shaxsiyatning oʼzgarib, yangi dunyoqarash va yangi ratsional fikrlar paydo boʼladi. Kishida qaram inson sifatida oʼziga nisbatan tanqidiy qarash roʼy beradi. Kasallik tan olinadi. Kasallik surunkali ekani va davomli davolanish zarurligi tushunib yetiladi.

 

 

3-bosqich – turgʼunlik

 

Bu davr ikki hafta davom etadi. Bemor ijtimoiy moslashib, oʼz xohishlariga qarshi turishni oʼrganadi. Bu bosqichda xulq-atvor, ratsional, moʼljalli, relaksatsiya usullari singari 15 dan ortiq psixoterapiya usuli qoʼllanadi.

 

 

Reabilitatsiya jamoasini narkolog boshqaradi. U bilan birga, bemorga tibbiy psixolog, ijtimoiy xodim va psixoterapevt yordam beradi. Reabilitatsiya guruhi oʼrtacha 8–12 bemordan iborat boʼladi.

 

Oltinchi haftadan boshlab, bemorlar kunduzgi statsionarning ambulator tiklanish jarayoniga jalb etiladi. Keyingi uch oy davomida ular ambulator davolanishni davom ettiradi. Mutlaqo tekin yordam  koʼrsatiladi. Muassasamizda davlat dasturiga asoslangan faoliyat va zamonaviy jihozlar mavjud.

 

Bemorlar bilan ijtimoiy xodim va huquqshunos shugʼullanadi – ish bilan taʼminlash, mehnat birjasi va «Intilish» markazi bilan hamkorlik qilishda koʼmaklashadi, Hujjatlar yoʼqolgan, huquqni muhofaza qilish idoralari bilan ziddiyatli vaziyat yuzaga kelgan, haydovchilik guvohnomasi olib qoʼyilgan hollarda yordam beriladi. Bularning bari bemorlarning moslashuvi va sogʼlom hayotga qaytishiga yordam beradi. Remissiya vaziyatlari koʼp uchraydi. Bolalar hisobdan chiqariladi. Bir-ikki yildan keyin ular baxtli boʼlib kelishadi. Oilasi, farzandlari bilan minnatdorlik bildirib ketishadi.

 

Tiklanishning asosiy komponenti – mehnat terapiyasi. Bemorlar kundalik mehnatga oʼrgatiladi: koʼcha belkurak va supurgi bilan tozalanadi. Har bir bemor xonayigʼishtiradi. Navbatchilik qiladi. Ish kuni tigʼiz boʼladi: ertalab soat 7:00 da turiladi va 23:00 da uxlashga yotiladi.

 

 

- Narkotikka qaramlikdan keyingi tiklanish qanday kechadi?

 

Tibbiy-ijtimoiy tiklanish tushunchasi tibbiy, psixologik, ijtimoiy yordamni oʼz ichiga oladi.

 

Birinchi oʼrinda tibbiy yordam koʼrsatish: intoksikatsiyani bartaraf etish, giyohvandlikka qaramlik vaziyatida detoksikatsiya, abstinent sindromini toʼxtatish. Oltinchi kuni gipnoz, subʼektiv terapiya – relaksatsiya uslubi, individual psixoterapiya  qoʼshiladi.

 

 

- Tiklanish davri qancha davom etadi?

 

Ikki haftadan keyin bemor tibbiy-ijtimoiy tiklanish davridan oʼtgan hisoblanadi va bu muddat 49 kunni tashkil etadi.

 

 

- Spirtli ichimliklar va giyohvandlik moddalarini isteʼmol qilish nafaqat jismoniy salomatlikka taʼsir qiladi, balki shaxsiyatdagi oʼzgarishlarga ham sabab boʼladi. Bunday kasalliklarni qay darajada davolasa boʼladi?

 

Shaxsiyatning oʼzgarishi uning moddalar isteʼmoligacha qanday boʼlganiga ham bogʼliq. Qaram insonlar orasida koʼpincha infantil, psixologik rivojlanmaganlar uchraydi. Аynan shunday odamlar psixofaol moddalarga, xususan, toksik – pregabalin, tropikamid kabi moddalarga oʼrganib qoladi. Bunday vaziyatda oʼzgarishni qayta tiklash mumkin.

 

Qaramlik va yaqinlar bilan oʼzaro munosabat – tiklanishda yana bir muhim jihat. Koʼpincha qarindoshlar muammolarni tushunmaydi va oʼzi haqida qaygʼurishni chetga surib, bemor inson hayotini toʼliq oʼz zimmasiga oladi – uning oʼrniga fikrlaydi, ish bajaradi, qaror qabul qiladi. Tiklanish doirasida qaramlikni birga yengayotganlar bilan ham mashgʼulotlar oʼtkaziladi, ammo afsuski qarindoshlar birga davolanishni istamaydi. Shifokorga yordam bermaydi, jarayonda ishtirok etmaydi. Аslida ular faol ishtirok etsagina, munosabatlarni toʼliq tiklash mumkin.

Ko‘rishlar: 166

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz