Yaponiyalik olimlar tish o'stiruvchi preparat ixtiro qildi

Yangiliklar

Yangilangan:

Endi agar tishingiz sizga yoqmasa, uning o'rniga yangisini o'stirishingiz mumkin. Yaponiyalik olimlar tish implantlari muqobilini yaratdi. 

 

 

2024-yilning kuzida tish o'stieuvchi preparatning klinik sinovi boshlanadi. Uni ishlab chiqishda Kitano tibbiy tadqiqotlar instituti va Kioto universiteti qoshidagi kompaniya olimlari qatnashgan. 

 

 

Preparat tish asosiga ta'sir qiladi. Aytilishicha, dori tish asosining rivojlanishini to'xtatuvchi oqsil ta'sirini kamaytiradi va natijada to'laqonli tish o'sib chiqadi. 

 

 

Dori sog'lom insonga tomirdan yuboriladi. Sinovda 30 yoshdan 64 yoshgacha bo'lgan 30 nafar erkak qatnashadi. Keyingi bosqichda preparat 2-7 yoshli bolalarda qo'llab ko'riladi. 

 

 

Yangi mo'jizaviy dori 2030-yilda ochiq savdoga chiqishi rejalashtirilgan.

Ko‘rishlar: 222

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz