Toshkentda «Sanvikt: Chegarasiz san’at» xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi

Yangiliklar

Yangilangan:

29-avgust kuni Toshkentda yangi loyiha — ijodkorlar uchun kovorking markazining ishga tushirilishiga bag‘ishlangan «Sanvikt: Chegarasiz san’at» xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi. Loyihaning o‘ziga xos jihati shundaki, undan olinadigan daromad nogironligi bo‘lgan bolalar uchun bepul ta’lim dasturlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

 

📌 Tadbirda diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, biznes va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etdi.

📌 Tadbir tashkilotchisi — O‘zbekistondagi ilk ayol haykaltarosh, Badiiy akademiya a’zosi va xalqaro mukofotlar laureati, taniqli rassom, haykaltarosh hamda pedagog Gulсara Rajapova tomonidan tashkil etilgan Sanvikt nogironligi bo‘lgan bolalar markazi.

Markaz 10 yildan ortiq vaqt davomida bolalarning rassomlik, haykaltaroshlik, kulolchilik, kiyim dizayni, gilamdo‘zlik va boshqa ijodiy yo‘nalishlardagi iste’dodini rivojlantirishga yordam berib kelmoqda.

 

Shu vaqt mobaynida 300 nafardan ortiq bola ijodiy ko‘nikmalarni egallash, ko‘rgazma va tanlovlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ularning ayrimlari esa san’at orqali o‘zini va oilasini moddiy jihatdan ta’minlashga ham erishdi.

 

Sanvikt markazi rivojlanishining yangi bosqichi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

 

  • Rassomlar, dizaynerlar, hunarmandlar va raqamli ijodkorlar uchun kovorking markazi;

  • Zamonaviy kurslar: 3D-dizayn, VR/AR, art-terapiya, musiqiy prodyuserlik, foto va videotasvirga olish;

  • Bolalar va o‘smirlar uchun bepul inklyuziv dasturlarni qo‘llab-quvvatlash.

  • Loyihaning asosiy maqsadi — barqaror ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor hamkorlar va homiylarni jalb qilish.

 

Tashkilotchilarning ishonch bildirishicha, san’at insonlarni birlashtiradi va har bir inson, sog‘lig‘idan qat’i nazar, o‘z salohiyatini namoyon etish huquqiga ega.

 

Sanvikt markazi ushbu qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlaydigan barcha insonlarni O‘zbekistonda inklyuziv madaniyatni rivojlantirishning yangi bosqichiga hissa qo‘shishga taklif etadi.

Ko‘rishlar: 4

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz