Birinchi marta inson organizmida jigar o'stirilmoqda

Yangiliklar

Yangilangan:

LyGenesis biotexnologik kompaniyasi olimlari birinchi marta inson organizmida o'stiriladigan donor jigar hujayralari o'rnatilganini e'lon qildi. Klinik sinovlarni boshlab bergan noodatiy jarrohlik amaliyoti jigar yetishmovchiligidan aziyat chekayotgan bemorlarda o'tkazildi. 

 

 

Bu jarayon donor hujayralarning bemor jigari yaqinidagi limfa tugunlariga kiritishni ko'zda tutadi. Bir necha oydan so'ng hujayralar ko'payib, qonni filtrlashni boshlaydi.

 

 

Mazkur usul sichqonlar, itlar va cho'chqalarda samara ko'rsatgan. 

 

 

Ayni paytda shifokorlar jigar yetishmovchiligan 12 nafar bemor bilan ishlamoqda. Mini-organ qonni filtrlash funksiyasi to'liq tiklanganda o'sishdan to'xtaydi. 

 

 

Olimlar keyinchalik donor hujayralari o'rniga bemorning o'z to'qimalaridan foydalanishni rejalashtirmoqda. Agar sinov muvaffaqiyatli yakunlansa, buyrak va oshqozonosti bezi o'stirish ham yo'lga qo'yiladi. 

Ko‘rishlar: 254

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz