JSST sun'iy intellektga asoslangan raqamli targ'ibotchini ishga tushirdi
Yangiliklar
Yangilangan:
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) sun'iy ong asosida ishlovchi raqamli salomatlik targ'ibotchisini ishga tushirdi. Loyiha S.A.R.A.H. (Smart AI Resource Assistant for Health) deb nomlandi.

Uning avatarlari tibbiyot haqidagi ma'lumotlarni yangi til modellari va ilg'or texnologiyalar yordamida yetkazib beradi. Sarah foydalanuvchi bilan 8 ta tilda 24 soat davomida so'zlasha oladi.
Loyihadan maqsad insonlarga ular qayerda bo'lishidan qat'i nazar o'z salomatlik huquqini himoya qilishdir. Bundan tashqari Sarah o'lim sabalari haqida so'zlab berishi yoki chekishni tashlash, faol turmush tarziga o'tish, to'g'ri ovqatlanish va stressdan xalis bo'lishga oid tavsiyalar berishi mumkin.
"Sog'liqni saqlash tizimi kelajagi raqamli texnologiyalarga bog'liq. Shuning uchun mamlakatlarni raqamli texnologiyalarni joriy etishda qo'llab-quvvatlash JSSTning asosiy vazifasi sanaladi", - deydi tashkilot bosh kotibi Tedros Adanom Gebreyesus.
Ko‘rishlar: 187
https://anatomica.uz/uz/articl...





