JSST gepatitdan har kuni 3500 kishi vafot etayotganini e'lon qildi
Yangiliklar
Yangilangan:
Jahon sog'liqni saqlash taskiloti (JSST) 2024-yil uchun global gepatit hisobotini e'lon qildi. Unda ko'rsatilishicha, bu kasallikdan o'lim soni ortib bormoqda. Gepatit yuqumli kasalliklar orasida eng ko'p o'limga sabab bo'layotgan ikkinchi xastalikka aylangan. Har yili 1,3 mln odan undan vafot etmoqda.

187 davlatdan to'plangan yangi ma'lumotlar ko'rsatishicha, o'limlarning 83% iga B gepatiti 17%i iga esa C gepatiti sabab bo'lmoqda. Kuniga kasallikning bu ikki turidan 3 500 kishi vafot etmoqda.
B va C gepatitiga chalinganlarning yarmi 30-54 yoshdagilar, 12% i 18 yoshdan kichik bolalardir. Bemorlarning 58% ini erkaklar tashkil etadi. Har kuni 6 000 dan ortiq inson gepatit virusini yuqtirib olmoqda.
2022- oxiridagi holatga ko'ra, surunkali B gepatiti bilan yashovchilarning atigi 13% i shifokorga ko'rinib, 3% i ( 7 million odam) virusga qarshi davolangan. C gepatiti bemorlarining esa 36% iga tashhis qo'yilgan, 20% bemor (12,5 millon odam) davolanish kursini qabul qilgan.
Bu esa 2030-yilgacha surunkali B va C gepatiti bilan yashovchi insonlarni davolash global rejasi ko'rsatkichlaridan ancha past.
Ko‘rishlar: 333
https://anatomica.uz/uz/articl...





