Turkiyada shifokor tish implantini bemorning miyasiga o'rnatib qo'ydi

Yangiliklar

Yangilangan:

Turkiyada yuz bergan holat butun dunyo ilmiy jhrnallari e'tiborini tortdi. Xabar qilinishicha, shifokor tish implantini bemorning miyasiga o'rnatib qo'ygan. 

 

 

Noodatiy holat Bursa shahrida yuz bergan. 40 yoshli Ramazon Yilmaz tish og'rig'idan shikoyat qilib, xususiy klinikaga kelgan. Stomatolog uning tishini sug'urib, o'rniga implant qo'yishni tavsiya qilgan. 

 

 

Jabrlanuvchining so'zlariga ko'ra, muolaja paytida shikor hamshiraga implantni joylashtiruvchi apparat yaxshi ishlamayotganini aytgan. Shundan so'ng tishni qo'lllari bilan o'rnata boshlagan. Tish shifokori implantni kuch bilan aylantirib, uni to'g'ri bemorning bosh miyasiga o'rnatib qo'ygan. Erkak bu paytda singan sovush chiqqanini aytganida, shifokor uning so'zlariga e'ribor bermagan. 

 

 

Ammo biroz o'tib shifokor xatosini tushinib yetib, bemorni kasalxonaga olib ketadi. Bir necha soat davom etgan operatsiyada uning hayoti saqlab qolindi. 

 

 

O'ziga kelishi bilan jabrlanuvchi tish shifokoridan pullarini qaytarishni so'ragan va agar kerak bo'lsa sudlashishini aytmoqda. Holatga butun dunyo OAVlari qiziqish bildirmoqda.

Ko‘rishlar: 296

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz