Ohangaron shifoxonasida homilador ayol vafot etdi
Yangiliklar
Yangilangan:
Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasi tug'ruq bo'limida homiladorlik davrining 39-haftasida bo'lgan ayol vafot etdi.

Xabar qilinishicha, u 3 aprel tungi 2:45da qorin va bel sohasidagi og'riqlardan shikoyat qilib kasalxonaga kelgan. Ayol shifokorlar nazorati ostiga olingan. Ertasi kuni soat 14:10larda ayolning ahvoli og'irlashib, nafas olishi qiyinlashgan va yurak sohasida og'riq paydo bo'lgan.
Jonlantirish bo'limi shifokori zaruriy choralarni qo'llashiga qaramay, bir soatlar o'tib ayolning biologik o'limi qayd etilgan. "Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko'ra, bemor o'limiga yurakning ishemik xastaligi, o'tkir koronar yetishmovchiligi, yurak mushaklari gipertrofiyasi va o'tkir miokard infarkti sabab bo'lgan", - deyiladi Sog'liqni saqlash vazifligi xabarida.
Bundan tashqari marhumda o'tkir yurak va nafas yetishmovchiligi, o'pka va bosh miya shishi aniqlangan. Shuningdek, bemorga uchinchi darajadagi semizlik va o'tkir jigar gepatozi tashhisi qo'yilgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov ayol o'limi yuzasidan tergovdan oldingi tekshiruv o'tkazilishini bildirdi.
Ko‘rishlar: 214
https://anatomica.uz/uz/articl...





