Olimlar odamlarning umri 6,2 yilga oshganini aniqlashdi
Yangiliklar
Yangilangan:
Olimlar Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning global ma'lumotlariga tayanib, 1990-yillardan beri hayot davomiyligi 6,2 yoshga uzayganini aniqlashdi. "Global kasalliklar yuki" nomli tadqiqot Bill va Melinda Geyts fondi yordamida o'tkazilgan.

Hayot davomiyligi oshishiga diareya, quyi nafas yo'llari yuqumli kasalliklari, shuningdek insult va yurak ishemik kasalliklaridan o'lim holati kamaygani sabab bo'ldi.
Eng yuqori o'sish Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo hamda Okeaniya hududlarida kuzatilgan bo'lib, 1990-yildan 2021-yilgacha o'rtacha inson umri 8,3 yilga uzaygan. Janubiy Osiyoda esa insonlar hayot davomiyligi 7,8 yilga o'sib, ikkinchi o'rinni egallagan.
Ammo olimlar COVID-19 pandemiyasining hayot davomiyligiga salbiy ta'sirini ham aniqladi. Pandemiya eng ko'p Lotin Amerikasi, Karib suv havzasi va Afrikaning Saharadan janubiy qismlariga zarba bergan.
Mutaxassislar endi inson hayotiga yuqumli bo'lmagan kasalliklar, jumladan diabet va buyrak xastaliklari xavf solishidan ogohlantirmoqda.
Ko‘rishlar: 190
https://anatomica.uz/uz/articl...





