Yolg'izlik erta o'limga olib kelishi mumkin

Yangiliklar

Yangilangan:

Эликсир молодости уже придуман природой — Медицинский портал «МЕД-инфо»
San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari yolg‘izlik keksa odamlarda erta o‘limga olib kelishi mumkinligini aniqladi. 

"Keksalarda yolg'izlik" deb nomlangan tadqiqotda o'rtacha 71 yoshda bo'lgan 1600 kishi ishtirok etdi. Olti yillik tadqiqot davomida yolg'iz keksalarning 23 foizi va yolg'iz bo'lmaganlarning 14 foizi vafot etgan. 

Tadqiqotchilar, shuningdek, 65 yoshdan oshgan odamlarning 43 foizi o'zlarini izolyatsiya qilingandek his qilishlarini aniqladilar. 

Shunday qilib, olimlar yolg'izlik keksa yoshlilarning hayot sifatini pasaytiradigan muhim omil degan xulosaga kelishdi. U depressiya, kognitiv buzilish va boshqa sog'liq bilan muammolarga olib kelishi mumkin.

Ko‘rishlar: 131

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz