Shveytsariya-O'zbekiston: Tibbiy turizm sohasida tajriba almashish

Yangiliklar

Yangilangan:

Oktyabr oyi boshida Shveytsariya milliy turizm byurosi boshchiligida Shveytsariyaning yetakchi klinika va shifoxonalari vakillaridan iborat rasmiy delegatsiya Toshkentga tashrif buyurdi. Tashrif Shveytsariya Konfederatsiyasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi tomonidan qo'llab quvvatlandi. Shveytsariyadan kelgan mehmonlar o'zbekistonlik hamkasblar bilan uchrashuv va muzokaralar yakunlari bo'yicha o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

 

 

Shveytsariya tibbiy turizm uchun ideal mamalakatdir: tibbiyotning eng yuqori darajali xizmati bilan birlashtirilgan. Shveytsariya sog'liqni saqlash tizimi dunyodagi eng yaxshi tizimlardan biri hisoblanadi. Shveytsariya klinikalarida puxta o'ylangan infratuzilma va yuqori texnologiyali uskunalar mavjud bo'lib, shifokorlar ilg'or tajriba va innovatsion davolash usullaridan foydalanadilar. University Hospital Zurich, Aesthetics Clinic, Grand Resort Bad Ragaz, Hirslanden International, Hopital de La Tour, Neoviva, Swiss Medical Network Privatklinik Bethanien & Clinique Generale-Beaulieu vakillari mahalliy shifokorlar va O'zbekistan ishbilarmon doiralar vakillari bilan bir qator taqdimot va ushrashuvlar o'tkazildi. Ular O'zbekistondagi Fedorovich, AKFA Medline, Muqarnas, Nano Medical Clinic, DeFactum, Nova Aesthetic Center va Medion kabi klinikalarda bo'lishdi.

 

 

Natalya Vart, Shvetysariya - MDH mamlakatlarida tibbiy turizm loyihasi rahbari, Shveytsariya turizm byurosi:

 

“Biz Oʻzbekistonga yurtimiz haqida suhbatlashish, Oʻzbekistonning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilish, odamlar bilan uchrashish, salomatlik va uzoq umr koʻrish sohasidagi zamonaviy tendensiyalar haqida suhbatlashish va tajriba almashish uchun tashrif buyurdik. Bugungi kunda salomatlik butun dunyodagi odamlarni birdek qiziqtiradigan mavzu. Chunki 12-asrdan boshlab Rimliklar Alp tog'larini kesib o'tib, termal suv shifo berishini tushunishdi va bu asrlar davomida termal vannalar butun dunyodan va barcha qit'alardan minglab mehmonlarni qabul qiladigan sog'lomlashtirish maskanlariga aylandi. O‘zbekistondan kelgan mehmonlarni Shveytsariyada kutib olish imkoniga ega bo‘lishni istardik. Delegatsiyamiz tarkibida turli tibbiyot va sog‘liqni saqlash muassasalari vakillari bor. Bular davlat, xususiy, ko'p tarmoqli va yuqori ixtisoslashgan shifoxonalardir. Biz kelajakda O‘zbekiston va Shveytsariya o‘rtasidagi sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilamiz”. 

 

 

 

 

Svetlana Sidorenko, tibbiyot fanlar doktori, Bad Ragaz va Grand Resort Bad Ragaz klinikasi shifokori:

 

"Klinikamizning asosiy yo‘nalishilaridan biri  – nevrologik va tayanch-harakat a’zolari kasalliklaridan keyingi reabilitatsiya. Reabilitatsiya nafaqat jismoniy terapiya, balki psixologik holat va to'g'ri ovqatlanish bilan bog'liq jarayondir. O‘zbekistonga tashrifimiz davomida bir qator davlat va xususiy tibbiyot muassasalarida bo‘ldik. Ko'rdikki, reabilitatsiyaga yondashuvimiz O'zbekistondagi hamkasblarimizga ham tegishli. Kasalxonalar yuqori sifatli tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, mutaxassislar doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish va malaka oshirish ustida ishlamoqda. Tibbiy turizm haqida gapiradigan bo'lsam, bu ko'plab mamlakatlar uchun yangi yo'nalishdir. O‘ylaymizki, bu o‘zbekistonlik hamkasblarimiz uchun ham qiziqarli. Tajriba almashish orqali biz bir-birimizga yordam bera olamiz va tibbiyotning yangi sohalarini rivojlantirishimiz mumkin”.

 

 

Oliver Noybert, Neoviva tibbiyot kompaniyasi prezidenti va asoschisi:

 

“Biz turli xil giyohvandlik turlarini davolaymiz. Bizning mijozlarimiz orasida alkogol, tamaki va qimor o'yinlariga moyil bo'lgan bemorlar bor. Biz O‘zbekistonlik mijozlarga Shveytsariyaga kelish va uning klinikalarida davolanish imkoniyatini ochishga tayyormiz. O‘zbekistonlik hamkasblarim katta ishlarni amalga oshirmoqda, ular muloqotga juda ochiq va sifatli tibbiyotga intilmoqda. O‘ylaymanki, tajriba va yutuqlar almashish barcha uchun foydali bo‘ldi”.

 

 

 

Shveytsariyalik mutaxassislar tajriba almashishni samarali deb e’tirof etishdi. Mehmonlar o‘zbekistonlik hamkasblari uchun foydali va qiziqarli bo‘lgan Shveytsariyaning so‘nggi ilmiy ishlanmalari va texnologik yutuqlari bilan o‘rtoqlashdilar. Tajriba almashinuvi sifatli tibbiy turizmning muhim qismi hisoblanadi.

 

 

Klaudiya Shuler, University Hospital Zurich kasalxonasi xalqaro bo'lim rahbari:

 

"Shveytsariya nafaqat o'zining yuqori turmush darajasi, balki tibbiyotning a'lo sifati bilan ham mashhur. Shveytsariya klinikalari zamonaviy uskunalar va eng yangi texnologiyalardan foydalanadi. O'zbekistonga kelganimizdan juda xursandmiz. Umid qilamizki, biz birgalikda tibbiyot sohasini  rivojlantiramiz va o'zbekistonlik hamkasblar va mizojlar ham bizga tashrif buyurishadi".

 

 

Isabelle Boissel, Swiss Medical Network Privatklinik Bethanien & Clinique Generale-Beaulieu klinikasi xalqaro bo'lim rahbari:

 

“Biz turli xil jarrohlik operatsiyalari, tug'ish va reabilitatsiyani o'z ichiga olgan operatsiya xonasi xizmatlarini taklif etamiz. Shuningdek, biz onkologik davolash usullarini ham taqdim etamiz. Bizda operatsiya qilib bo'lmaydigan o'smalarni davolashning ikki turi mavjud. Biz O‘zbekistonda bo‘lganimizdan juda mamnunmiz va sizni Shveytsariyada bizga qo‘shilishga taklif qilamiz”

 

 

Shveytsariyada tibbiy turizm imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumotni MySwitzerland.com veb saytda topishingiz mumkin

 

maria.makarova@switzerland.com

+7 903 799 53 16

Ko‘rishlar: 433

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz