COVID-19 pandemiyasining bolalarga ta'siri ochiqlandi

Yangiliklar

Yangilangan:

Jon Hopkins bolalar markazi olimlari COVID-19 pandemiyasining bolalarga ta'sirini o'rganib chiqib, yangi xulosalarini e'lon qildi. Ularning so'zlariga ko'ra, pandemiya davridagi ijtimoiy izolyatsiya tufayli bolalar rivojlanishida kechikishlar paydo bo'lgan. 

 

 

 

Mutaxassislar 0 dan 5 yoshgacha bo'lgan 50 205 bola ma'lumotlarini tahlil qilib, shu xulosaga keldi. Pandemiya tufayli bolalardagi kommunikatsiya qobiliyati 3% ga, muammoni hal qilish 2% ga va shaxsiy-ijtimoiy qobiliyatlar 2% ga pasaygan. 

 

 

Shuningdek, pandemiya bolalar hayot darajasining yomonlashishi, ruhiy muammolari ortishi, uyqusining yomonlashishi va semirish xavfi ortishiga ham olib kelgan. 

 

 

Olimlar bunga COVID-19 bilan bog'liq cheklovlar kattalar bilan bir qatorda bolalar hayot tarziga ham ta'sir qilganini sabab qilib ko'rsatgan. Ko'pchilik cheklovlar tufayli yuqori stress, vahima va ijtimoiy yakkalikka tushib qolgan.

Ko‘rishlar: 203

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz