Respublika bolalar kutubxonasining ochilish marosimi
Yangiliklar
Yangilangan:
2023-yil 31-avgust kuni Respublika bolalar kutubxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Kutubxona binosi XIX asr oxirlarida qurilgan, Sankt-Peterburgdagi “Ludi Architects” me’morchilik byurosi va O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi loyihasi bo‘yicha restavratsiya ishlari 2020-yildan buyon davom etib keldi.

Kutubxona binosi boy tarixga ega. U qoʻqonlik tadbirkor aka-uka Vadyayevlar tomonidan qurilgan. Keyinchalik unga Toshkent shahar dumasi va Jamoat yig‘ini joylashadi, turar joy qismi esa bolalar kutubxonasiga aylantiriladi. O‘tgan asrning 60-yillarida Alisher Navoiy nomidagi davlat kutubxonasining O‘smirlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi Vadyayevlar qarorgohidagi kutubxona binosiga ko‘chiriladi. Keyinchalik u to‘liq Respublika bolalar kutubxonasi tasarrufiga berilganini Toshkent aholisi yaxshi eslaydi.

“Bu shahrimiz hayotidagi diqqatga sazovor voqeadir – Respublika bolalar kutubxonasining eshiklari yana qaytadan ochilmoqda. Biz bolalar va yoshlarning ijodiy va aqliy salohiyatlarini yanada rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni o‘zida mujassam etgan zamonaviy jamoatchilik maydonini yaratgan holda binoning tarixiy muhitini imkon qadar saqlab qolishga harakat qildik. Ishonchim komilki, kutubxona qo‘shma kashfiyotlar, sarguzashtlar maskaniga aylanib, bo‘sh vaqt va bilim olish uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi”, — Gayane Umerova, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi.

Bolalar va yoshlarni jalb qilish maqsadida barcha kutubxona maydonlari xalqaro standartlarga javob beruvchi ko‘p funksiyonal ahamiyat kasb etdi: mushtarak ilhom ijodxonalari va raqamli kontent bilan ishlash studiyasi vujudga keldi. Mebel va ish o‘rinlari asl hassos dizayn bo‘yicha ishlab chiqarilgan: turli buyumlarni saqlash tizimlari, qulay partalar, ma’ruzalarni tinglash, o‘qish, dam olish uchun modullar, audio kontent bilan yakka tartibda ishlash xonalari nazarda tutilgan. Mutolaa zallaridan tashqari kutubxonada kompyuter sinflari, kichik bosmaxona, ovoz yozish studiyasi mavjud.

“Bizning byuro ushbu loyihaga o‘zining barcha bilim va mehrini jo etdi, madaniyat muassasasi negizida mazkur jamoatchilik maskanini yaratish uchun ilg‘or tajriba va yetakchi mutaxassislar ishtirokidagi eng zamonaviy xulosa va tavsiyalardan foydalandi. Shahar ahlidan mushtarak qiziqish va ijobiy xayrixoh javoblarni kutib qolamiz. Shu singari amaliyot kutubxonalar va madaniyat markazlari negizida boshqa jamoat joylarini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin”, - Lyubov Leontyeva, qayta qurish loyihasi muallifi, “Ludi Architects” me’morchilik byurosi rahbari.

Lyubov Leontieva ta'kidlaganidek, yangi jamoat maydoni nafaqat bolalar kutubxonasi, balki ochiq xordiq chiqarish joyi sifatida ham ishlaydi. Har kim bu erga muloqot qilish, ta'lim olish va adabiyot bilan tanishish uchun kelishi mumkin. O'qish insonni rivojlantiradi va yangi chegaralarni ochadi, tasavvurni boyitadi va miya faoliyatini faollashtiradi, yangi neyron aloqalarni shakllantiradi. Va, albatta, bu shaxsiyat va qiziqishlarning shakllanishiga ta'sir qiladi.
Kutubxona eshiklari har kuni soat 10.00 dan 21.00 gacha ochiq. Yaxshi dam oling!
Manzil: Toshkent sh., Yahyo G‘ulomov ko‘chasi, 47-uy.
Bog'lanish uchun telefon: +99871 233-17-91
Ko‘rishlar: 432
https://anatomica.uz/uz/articl...





