Miyamiz kattalashib bormoqda
Yangiliklar
Yangilangan:
Kaliforniyaning Devis universiteti olimlari XX asrda inson miyasi kattalashganini aniqladi. Ular chop etgan maqolada aytilishicha, 1970-yillarda tug'ilgan insonlar miyasi 1930-yillarda tug'ilganlarga nisbatan 6,6% ga kattaroq bo'lgan.

75 yil davom etgan tadqiqot doirasida 30 yoshdan 62 yoshgacha bo'lgan 5209nafar inson miyasi MRT qilingan. Bu vaqtda ishtirokchilarning o'rtacha yoshi 57 da bo'lgan.
1930-yillarda tug'ilganlarning miya hajmi 1234 millilitr, 70-yillarda tug'ilganlarniki esa 1321 millilitrni tashkil qilgan. Buning ustiga, insonlarda miya yuzasi maydoni ham oshib borgan. 70-yillarda tug'ilganlarda miya yuzasi 2104 santimetr kvadrat bo'lgan bo'lsa, 30-yillar bolalarida bu ko'rsatkich 2056 santimetr kvadratni tashkil qilgan.
Neyrobiologlarning fikricha, miyaning kattalashishi uning zahirasini ko'paytiradi va demensiyaning oldini oladi.
Ko‘rishlar: 203
https://anatomica.uz/uz/articl...





