25-iyun kuni respublikamizning 16 ta shahrida “Yangi Nafas” yugurish musobaqasi boʻlib oʻtadi

Yangiliklar

25-iyun kuni respublikamizning 16 ta shahrida Yoslar kuni munosabati bilan an’anaga aylangan va ko‘plab ishtirokchilar tomonidan sevilgan “Yangi Nafas” yugurish musobaqasi boʻlib oʻtadi.

 

“Yangi nafas” sport harakati aholi orasida yugurishni ommalashtirish va mamlakat milliy salomatligini mustahkamlash tashabbusi sifatida boshlandi. Yangi Nafas sport harakati, ushbu yili xalqaro harakat maqomiga ega bo’ldi. Respublikaning 16 shahri “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shiori ostida birlashadi.

 

Bundan tashqari, musobaqadi qoshni davlatlardan: Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston va Afg'onistondan kelgan yosh sportchilar va yugurish klublari a'zolari ushbu marafonda qatnashishadi. Barcha yugurish havaskorlari, yoshidan qat’i nazar, O’zbekistonning har bir hududida ommaviy yugurish musobaqasida ishtirok etishlari mumkin bo’ladi.

 

Barchani ushbu ajoyib tadbirga qo'shilishga va sog'lik va yangi imkoniyatlar sari yugurishga taklif qilamiz!

Ko‘rishlar: 62

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz