Johnson&Johnson bolalar kukuni tuxumdon saratoni keltirib chiqargani uchun 6,5 mlrd dollar jarima to'laydi

Yangiliklar

Yangilangan:

Amerikaning Johnson&Johnson kompaniyasi keyingi 25 yil davomida 6,5 milliard dollar jarima to'lashiga to'g'ri keladi. Bunga uning bolalar kukuni mahsulotlari tuxumdon saratoni keltirib chiqarishi haqidagi shikoyatlar sabab bo'ldi. 

 

 

Shikoyatchilarning so'zlariga ko'ra, Johnson's Baby Powder tarkibidagi kanserogen asbes tufayli saraton chaqiradi. Arz yozgan ayollar kukundan foydalangach, ularda tuxumdon raki rivojlanganini aytmoqda. Ammo kompaniya buni bo'xton deb, kukunlar xavfsiz ekanini aytmoqda. 

 

 

Shunga qaramay 2021-yilda AQShda, 2023-yilga kelib esa butun dunyoda Jhonson's Baby Powder sotuvi to'xtatildi. Shundan so'ng J&J gigiyena biznesini Kenvue kompaniyasiga topshirdi. Ayni paytda Jhonson's bolalar kukuni jo'xori kraxmali asosida tayyorlanadi. 

 

 

J&J ma'lumotiga ko'ra qolgan shikoyatlar saratonning mezotelioma deb nomlangan kamyob turi bilan bog'liq. Farmosevtik gigant shu paytgacha ustidan kelib tushgan shikoyatlarning 95% ini hal qilgan.

Ko‘rishlar: 192

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz