AstraZeneca koronavirusga qarshi vaksinasi salbiy ta'sirga ega ekanini tan oldi

Yangiliklar

Yangilangan:

AstraZeneca xalqaro farmasevtika kompaniyadi COVID-19 ga qarshi vaksinasi trombozga sabab bo'lishi mumkinligini tan oldi.

 

 

Sud hujjatlariga qaraganda, kompaniya ustidan ommaviy shikoyat kiritilgan. Unda aytilishicha, Oksford universiteti bilan hamkorlikda yaratilgan vaksina ayrim bemorlarga salbiy ta'sir qilgan, va hatto o'limgacha olib kelgan.

 

 

Ayni paytda London yuqori sudiga 51 kishi ariza kiritgan. Ular vaksinadan jabr ko'rganlar va ularning yaqinlaridir. Shikoyatchilar umumiy hisobda 125 mln dollar kompensatsiya undirishni talab qilmoqda.

Ko‘rishlar: 115

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz