Amerikalik olimlar o'pka raki hujayralarini ochlik yordamida yo'q qildi

Yangiliklar

Yangilangan:

AQShning Shimoli-G'arbiy universiteti olimlari saraton hujayralarini och qoldirib, ularni yo'q qiluvchi preparatni yaratdi. Tadqiqot natijalari Science Advances jurnalida e'lon qilingan. 

 

 

O'pkaning davolashga bo'ysunmaydigan adenokarsiomasi KEAp1 genidagi mutatsiya tufayli yuzaga keladi. Ammo e'on qilingan tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, KEAP1 mutatsiyasi natijada paydo bo'lgan o'simtalar glutamin aminokislotasi yetishmovchiligiga chidamsiz. 

 

 

Tadqiqot davomida olimlar o'pka saratoni hujayralafining glutaminno qabul qilishini to'xtatuvchi DRP-104 preparatini bemorda qo'llagan. Natijada saraton hujayralari o'sishi sekinlashgan. 

 

 

Shunday qilib, DRP-104 preparati o'pka rakini yengishdagi potensial davo vositasi bo'lib qolmoqda. Ayni paytda bu usul klinik sinovdan o'tkazilmoqda.

Ko‘rishlar: 196

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz