3-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Yangiliklar
Dermatovenerologiya va dermatoonkopatologiya: innovatsiyadan amaliyotga.
6-may kuni Farg‘ona shahrida “Dermatovenerologiya va dermatoonkopatologiyada diagnostika va davolashdagi yangi texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari” deb atalgan 3-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi. Ushbu konferensiyada Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Gruziya, Qozog'iston, Turkiyadan kelgan mutaxassislar ilmiy ma'ruzalari bilan chiqishadi. U yerda shu sohaning dolzarb muammolari va so‘nggi ilm-fan yutuqlari muhokama qilinadi. Teri kasalliklari muammolarini ko‘rsatish, ularning tadqiqotlari natijalari bilan tanishish va fikr almashish uchun taniqli mahalliy va xorijiy olimlar: dermatologlar, onkologlar, dermatoonkologlar, morfologlar ishtirok etadi.
Konferensiya yakunida mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirishning keyingi istiqbollarini belgilovchi rezolyutsiya qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Ko‘rishlar: 14
https://anatomica.uz/uz/articl...





