TIHE 2023 – 27 zamonaviy tibbiyot innovatsiyalarning koʻrigi

Yangiliklar

13-15 aprel kunlari Oʻzekspomarkazda 27 - Toshkent Xalqaro Sog'liqni saqlash koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Koʻrgazma barcha shifokorlar uchun katta ahamiyatga ega boʻlib, u yerda tibbiyot sanoatning soʻngi yangiliklari va texnologiyalari taqdim etildi.

 

Har qanday rivojlangan davlat oʻz sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirishga intiladi. Aynan shuning uchun mahalliy va horijiy kompaniyalar tomonidan koʻrgazmaga qiziqish yildan yilga oshib bormoqda. Bunga yaqqol misol, bu yilgi tashkil etilgan koʻrgazmada 13 mamlakat: Bangladesh, Belarus Respublikasi, Germaniya, Daniya, Italiya, Qozogʻiston, Koreya Respublikasi, Rossiya, Turkiya, Oʻzbekiston, Hindiston, Xitoy, Chexiyani 250 dan ortiq kompaniya brendlari ishtirok etishdi. Bu esa ishtirokchilar soni boʻyicha oldingi koʻrgazmadan 1,5 baravar koʻpdir.

 

Tadbir doirasida anʼanaviy ravishda ilmiy - amaliy seminarlar oʻtkazilib, ularda etakchi mutaxassislar Oʻzbekiston tibbiyot hamjamiyati vakillari bilan bilim va tajriba almashishdi.

Ko‘rishlar: 13

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz