17-18 may kunlari Buxoroda O‘zbekiston onkolog va radiologlarining XX konferensiyasi bo‘lib o‘tadi

Yangiliklar

Yangilangan:

17-18 may kunlari Buxoroda “Ayollar salomatligi: ko‘krak bezi va bachadon bo‘yni saratoni skriningi va profilaktikasi” mavzusidagi O‘zbekiston onkolog va radiologlarining XX konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

 

 

Tadbir Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan tashkillashtirilmoqda. 

 

 

Unda AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Daniya, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Hindiston kabi 10 dan ziyod davlatlarning yetakchi olim va ekspertlari ishtirok etadi.

 

 

Konferensiyada soha oldida turgan muhim masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashilib, uning yechimlariga doir yangi tashabbus va amaliy takliflar ishlab chiqilishi kutilmoqda.

Ko‘rishlar: 245

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz