Tashabbuschi: Oʼzbekistonda probirkadan «tugʼilgan» birinchi bola
Hikoyalar
Yangilangan:
Oʼzbekistonda probirkadan «tugʼilgan» birinchi bola 21 yoshda. Mamlakatimizda EKUning paydo boʼlishiga doir tarixiy kadrlar haligacha saqlanib qolgan. Biz ushbu faktni chetlab oʼta olmadik va probirkadagi ilk homiladorlikka daxldor boʼlgan inson, bizda EKU muolajasining «otasi» reproduktolog Husan Аsadovga murojaat qildik.

Husan Аsadov - urolog-androlog, reproduktolog, tibbiyot fanlari doktori, professor, oliy toifali shifokor, 2009 yilda «EKU, IKSI dasturi» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti urologiya va operativ nefrologiya kafedrasi dotsenti. Yaponiyaning Fukusima universiteti «Аndrologiya va yordamchi reproduktiv texnologiyalar» dasturi bitiruvchisi. Germaniya, АQSh, Rossiya va Turkiyada reproduktologiyani oʼrgangan. 2001 yilda Markaziy Osiyodagi ilk YANGI INSON reproduktiv klinikasini tashkil etgan.
⠀
Oʼzbekistonda EKU voqeasi qanday boshlandi?
Yaponiya va АQShda ikki yil davomida bepushtlikni davolash hamda sunʼiy urugʼlantirishning yangi usullarini oʼrganib qaytganimdan soʼng Oʼzbekistonda reproduktiv salomatlik markazini ochish taklifini berdim. Oʼsha paytdagi sogʼliqni saqlash vaziri Feruz Nazirov gʼoyamni qoʼllab quvvatladi.
Shu tariqa 1999 yilda Аkusherlik va ginekologiya instituti hududida EKU markazini ochishga qaror qilindi. Yangi loyiha «Sogʼlom avlod uchun» dasturiga kiritildi. Loyiha xalqaro kredit va shaxsiy mablagʼlar evaziga moliyalashtirildi.
Oʼzbekistonda EKU yordamida birinchi bola tugʼilishi voqeasi qachon sodir boʼldi?
U qiz edi. 2001 yilning 5 yanvarь kuni tugʼildi. Klinikaga naylar genezi muammosi bilan er-xotin murojaat qildi. Tugʼruqni Аkusherlik va ginekologiya markazi direktori professor Jaxongir Qurbonov qabul qilgan. Shu tariqa institut rahbariyati homiladorlik faqat EKU yordamida sodir boʼlishi mumkinligiga ishonch hosil qilgandi.

Djaxongir Kurbanov, akusher-ginekolog
Nima uchun dunyoda EKUning dushmanlari bor?
Odamning tugʼilishi yashash huquqi va qadr-qimmati, tanlov huquqi, maxfiylik, tibbiy aralashuv, inson shaʼnini hurmat qilish, genetik merosini saqlash, shaxs daxlsizligi kabi falsafiy, diniy, axloqiy-etik muammolar bilan bogʼliq. Bu masalalarning yagona yechimi yoʼq. Bundan tashqari, sifatli tibbiy yordam zarur.
EKU holatida munozaralar koʼproq «ortiqcha» embrionlar, yaʼni ularning holati va huquqlari, eng avvalo, yashash huquqining noaniqligi borasida paydo boʼladi. Embrionlarni bachadonga olib oʼtish muolajasining oʼzi, shuningdek, embrionda qanday oʼzgarishlar boʼlishini inobatga olish, qaysi biri aniq embrionni koʼchirib oʼtkazishni rad etish huquqini berishi kabi tanlov mezonlarini ajratib olish murakkabdir.
«Ortiqcha» embrionlar haqidagi masalaning yechimi oʼzak hujayralarda biologik va tibbiy tajriba oʼtkazish sanoati bilan chambarchas bogʼliq.
Nima uchun jamiyatimizda oilalar EKUdan tugʼilgan farzand haqida sir saqlashni afzal koʼradi?
Oʼzbekistondagi bepusht oilalar turli sabablarga koʼra, nafaqat reproduktiv muammolarini, balki EKU yordamida tugʼilgan bola haqidagi faktni ham yashiradi.
Koʼpincha har bir juftlikning reproduktiv holati uchun masʼuliyat aynan ayollar zimmasiga tushadi. Farzandlari va ona boʼlgan odatiy oilaga qarab, boshqa oilalarni yomonotliqqa chiqarishadi. Farzand koʼrishni istamaydigan yoki unga qodir boʼlmagan ayollarni yana kamsitishadi.

Gulnara i Xusan Аsadovlar, ginekologi-reproduktologi
EKU jahon miqyosida qanchalik dolzarb va talabgir?
Pulitser markazi va PRI The World kompaniyasi maʼlumotlariga koʼra, dunyoda farzand koʼrishni istaydigan, lekin bunga jismonan qodir boʼlmagan geteroseksual juftliklar soni 100 milliondan ortiq. Tadqiqotlar ikkilamchi bepushtlik koʼproq uchrashini koʼrsatmoqda. 1978 yilda probirkadan chiqqan birinchi bola tugʼilganidan buyon sakkiz milliondan ortiq bola YoRT yordamida dunyoga kelgan.
Muolajaning narxi qancha?
Daniya, Isroil va Yaponiyada har 25 bolaning bittasi EKU va boshqa sunʼiy urugʼlantirish usullari natijasidir. Data Bridge kompaniyasi prognozlariga koʼra, EKU xizmatlari bozori global miqyosda oʼsmoqda, 2020 yilda АQShdagi 25 mlrd dollarlik koʼrsatkich 2023 yilda 30,96; 2026 yilda esa 41 mlrd dollarga yetadi.
Shaxsiy hisob-kitob va tahlilimga koʼra, bugun Oʼzbekistonda 25 mingdan ortiq ayol va 7 ming nafar erkakka bepushtlik tashxisi qoʼyilgan. Har yili 6 mingga yaqin juftlik Turkiya, Germaniya, Koreya Respublikasi, Rossiya kabi xorijiy davlatlarga EKU muolajasini oʼtkazish uchun boradi.
Bunday sayohat taxminan 10 ming АQSh dollariga tushadi. Shuncha bemorlarimiz kerakli darajadagi mutaxassislar, ixtisoslashtirilgan klinikalar, shuningdek, zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalarning taqchilligi tufayli, davlatimiz tashqarisiga chiqishga majbur.
Ko‘rishlar: 859
https://anatomica.uz/uz/articl...


