Tuz bilan davolash: bu nima?

Hayot sifati

Yangilangan:

XVI asrda yashagan mashhur nemis-shveytsar olimi Paratsels shunday degan: «Davolash sanʼati shifokorning emas, balki tabiatning xizmati». Galoterapiya, yaʼni tuz bilan davolash – sogʼliqni saqlash borasida eng samarali tabiiy amaliyot. Ifloslanish darajasi yuqori boʼlgan bizning hududda – nisbatan quruq havoli va yirik shaharda galoterapiya respirator kasalliklarning samarali profilaktikasi boʼla olishi mumkin.

 

 

Dilyara Mazinova, fizioterapevt, oliy toifali shifokor, tibbiyot fanlari nomzodi

 

Natriy xlorning sepilgan dispers ionlaridagi shifobaxsh taʼsir tufayli galoterapiya – bemorlar bilan muloqotda boʼlgan insonlar profilaktikasi, shuningdek, koronavirus infektsiyasini boshdan oʼtkazgan shaxslar reabilitatsiyasi uchun samarali usul.

 

Tuzli gʼorga 1,5-2 yoshdan katta bolalar, kattalar va koʼrsatma hamda qarshi koʼrsatmalar hisobga olingan holda qariyalar ham kirishi mumkin. Ushbu usulda havoga quruq aerozolli tuzli bugʼ sepiladi. Аerozol manfiy zaryadlangan ionlarni oʼz ichiga oladi. Ular nafas yoʼllarining shikastlangan shilliq qavatiga yaxshi taʼsir qiladi. Natriy xlor ionlari yalligʼlanish, bakteriya, shish va virusga qarshi taʼsir qiladi.

 

Galoterapiya reabilitatsiyaviy terapiya sifatida qoʼllanadigan asosiy kasalliklar:

  • or aʼzolari xastaliklari,

  • bronxial astma (zoʼraymagan bosqichida),

  • SOOʼK (XOBL),

  • allergik rinopatiyalar, 

 

Shuningdek, psoriaz, neyrodermit, ekzema kabi teri xastaliklari; psixonevrologiya – surunkali charchoq sindromi, nevroz, nevrasteniya.

 

Qarshi koʼrsatmalar:

  • arterial gipertoniya,

  • kasalliklarning oʼtkir fazalari,

  • onkologik kasalliklar,

  • 1,5 yoshgacha bolalar,

  • homiladorlik,

  • tez-tez burun qonashi.

Ko‘rishlar: 461

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz