Jurnalning yangi soni: ANATOMICÁ №13

ANATOMICÁ №13

Yangilangan:

Hurmatli obunachilar, biz ANATOMICA jurnalining yangi soni nashr etilganini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz! Yangi 13-son oftalmologiya va ko'z salomatligiga bag'ishlandi. Umid qilamizki, bizning jurnalimiz siz uchun ko'z salomatligi bo'yicha ishonchli ma'lumotlar manbai bo'lib, sog'lom turmush tarzini olib borishga yordam beradi.

 

 

Jurnalda O'zbekistonning yetakchi oftalmologlarining intervyulari bilan tanishishingiz mumkin. Mutaxassislar qanday holatlarda ko'z shifokoriga shoshilinch tashrif buyurishni, qanday ko'z kasalliklari mavjudligini va asoratlarni oldini olish uchun kerakli profilaktika choralarini ko'rish boyicha batafsil tushuntirdilar. Shuningdek, yangi sonda ko'zi ojiz insonlarga bag'ishlangan maxsus loyiha mavjud. Biz alohida ehtiyojli odamlarga ta'lim berishga va ish topishda yordam beradigan loyiha rahbarlari bilan suhbatlashdik. Va shuningdek jurnalimiz sahifalarida yana ko'plab qiziqarli, foydali va kerakli ma'lumotlarni topishingiz mumkin.

 

 

 

Yangi nashrda nima o'zgardi? Til qulayligi! Hozir jurnal ikki tilda - rus va o'zbek tillarida alohida nashr etiladi. Bundan tashqari, biz jurnalni yanada ko'proq insonlarga taqdim etish uchun nashr sonini oshirdik va butun respublika bo'ylab foal tarqatmoqdamiz. Siz jurnalimizni klinikalar, aeroportlar, vokzallar, mehmonxonalar va boshqa jamoat joylarida o'qishingiz mumkin. Bizni o'qing va tibbiyot sohasidagi eng so'nggi yangiliklar va voqealardan xabardor bo'ling!

Ko‘rishlar: 446

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz