Gulya Qalmuratova ANATOMICÁ jurnalining yangi 13-soni muqovasi qahramoni

ANATOMICÁ №13

Yangilangan:

Chet elda davolanish kerakmi? GK Healthcare Tourism tibbiy turizm agentligi yordam beradi! Jurnalning yangi soni muqovasi qahramoni, agentlik asoschisi Gulya Qalmuratova o'zining bosib o'tgan yo'li, tibbiyot sohasidagi ko'p yillik tajribasi va tibbiy agentligini qanday yuritishi haqida so'zlab beradi. Jurnalning yangi 13-chi sonida o'qing!

 

 

O‘zim haqimda

 

1985-yili Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ildim. Shu yerning o‘zida maktabni tamomladim. Keyinroq poytaxtga ko‘chib o‘tib, Toshkent davlat sharqshunoslik institutining koreyashunoslik fakultetiga o‘qishga kirdim. Bir oz vaqt o‘tib Koreyaga magistraturada o‘qish uchun uchib ketdim. Universitetni tugatib, ko‘pgina shifoxonalarda tarjimon bo‘lib ishladim. Bir vaqtning o‘zida mahalliy tibbiyot bozorini o‘rganib bordim. 

 

 

 

Hammasi qanday boshlangan..

 

Plastik jarrohlik olami meni doimo o‘ziga tortib kelgan. Chunki bu kabi operatsiyalar nafaqat tashqi ko‘rinishni yaxshilash imkoniyatini beradi, balki o‘zini namoyon etishga undaydi. Klinikalarda koordinator sifatida ishlab turib, shifokorlar topishga yordam berardim, operatsiyalarni kuzatardim, ishning nozik tomonlarini o‘rganardim. Odamlarning o‘zgarishi, chiroyli bo‘lib, o‘ziga bo‘lgan ishonchining ortishini ko‘rish yoqardi. Shu sabab ushbu sohada qolishga ahd qildim va 2023-yil yanvardan kompaniyani ochdim. 

 

 

 

Plastik jarrohlik Makkasi

 

Bugungi kunda Janubiy Koreya plastik operatsiyalar o‘tkaziladigan eng mashhur mamlakat hisoblanadi. Har oy Janubiy Koreyaga mijozlar bilan plastik jarrohlik amaliyotiga uchib boraman. Men har bir bemorim bilan do'stona, iliq munosabatdaman. Janubiy Koreyaning eng yaxshi klinikalari bilan hamkorlik qilamiz.

 

 

 

Shifokor buyurgan ko‘rsatma

 

Agar bemor yoki uning qarindoshi chet elda davolanish bobida tajribaga ega bo‘lmasa, u holda, Tibbiy turizm agentligiga murojaat qilgan maʼqul. Bu tashkiliy masalalar borasidagi surishtiruvlardan halos etadi, til bo‘yicha muammolarni keltirib chiqarmaydi va xorijiy shifokorlar bilan ko‘ngildagidek muloqotni taʼminlab beradi.

 

 

 

Agent emas, yo‘l ko‘rsatuvchi

 

Men shunchaki agent bo‘lishni, ish haqimni olib, keyin unutishni istamayman. Har bir bemorim o‘zini ahamiyatli, o‘zgacha, noyob inson sifatida his qilishini xohlayman. Mijozlarga g‘amxo‘rlik qilish – bizning asosiy vazifamiz. Biz sayohat faqat ijobiy hislarni olib kelishi yo‘lida butun kuchimizni sarflaymiz: aeroportdagi uchrashuvdan tortib parvozgacha.

 

 

 

Men siz bilan oxirigacha boraman

 

Men mijozlarni ham jismonan, ham ruhan qo‘llab-quvvatlashga harakat qilaman. Onlayn-maslahat va kerakli shifokorni qidirishdan tashqari, butun sayohatni tashkillashtiraman, shu jumladan, aviachiptalarni xarid qilishdan tortib, mehmonxona buyurtirish, operatsiya sanasini rejalashtirish, operatsiyadan keyingi parvarish, shuningdek, sayyohlik sayrlarigacha.

 

 

 

Maxsus yondashuv

 

Agentligimiz VIP darajasida tibbiy turizm xizmatlarini taklif etadi. Biz har bir insonga shaxsiy yondashuvni kafolatlaymiz. Biz tibbiy turizm ko‘pchilik insonlar uchun nozik masala ekanini yaxshi tushunamiz, shuning uchun o‘zaro munosabatlarimizda mahfiylikni taʼminlaymiz.

Ko‘rishlar: 453

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz