Sochingizning so’glig’ini tiklaydigan trixologiya xizmatlariga ega 9 ta klinika
Qoʻllanma
Yangilangan:
Chiroyli, sog’lom va yorqin sochlar - bu nafaqat go’zallik ramzi, balki tananing umumiy salomatligining ko'rsatkichidir. Afsuski, ko'pchiligimiz soch to'kilishi, mo'rtlik, qazgo'q va boshqa kasalliklar kabi soch muammolariga hayotimiz davomida duch kelamiz. Biz Toshkent shahridagi trixologiya sohasida professional shifokorlardan yordam olishingiz mumkin bo'lgan to'qqizta klinika ro’yxatini tuzdik.
1. Expert medical clinic
“Medical expert” klinikasida maxsus ishlab chiqilgan dasturlar, ilg'or asbob-uskunalar va barcha turdagi tahlillar mavjud. Qabulni boy tajribaga ega - kosmetolog, plastik jarroh, dermatolog, trixolog kabi shifokorlar olib boradi. Klinikaning trixologiya bo’limida davolanadigan asosiy kasalliklar: alopesiya (androgenetik, diffuz, total, fokal, universal); quruq va yog'li seboreya; bosh giperkeratozi; bosh terisining zamburug’ infektsiyalari.
Klinikaning asosiy vazifalari va yo'nalishlari: zamonaviy texnikalar yordamida muammoni kompleks diagnostika qilish; sochni davolash uchun individual sxemani ishlab chiqish; soch umumiy holatini yaxshilash uchun to'g'ri parvarish qilish bo'yicha tavsiyalar; soch transplantatsiyasini tayyorlash va amalga oshirish, bosh va yuzdagi sochlarni yaxshilash protseduralari.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 71) 249-15-90
2. Trionica
Toshkentdagi TRIONICA - bu soch salomatligi markazi, eng yangi tibbiy texnologiyalar, tajribali mutaxassislar va yuqori darajadagi xizmatdir. Markaz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari qatoriga konsultativ yordam ko‘rsatish, turli turdagi alopesiya bilan og‘rigan bemorlarni davolash, soch ko‘chirib o‘tkazish, shu jumladan, qosh va soqol sohasiga, shuningdek, jarohatlar va kuyishlardan keyingi tuzatishlar kiradi. Avvalo, TRIONICA mutaxassislari kasallikning sabablarini aniqlaydilar. Tuzatish va davolash dasturlari bemorning tanasining xususiyatlarini hisobga olgan holda vakolatli tekshiruvdan so'ng qat'iy tuziladi.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 99) 860-08-06
3. Kasmed
Klinikada plastik, rekonstruktiv va estetik jarrohlik, oftalmologiya, stomatologiya, kosmetologiya, fizioterapiya, fotorejuvenatsiya, fotoepilyatsiya, so`galga qarshi terapevtik massaj, ozon terapiyasi, laboratoriya tadqiqotlari sohasida diagnostika, profilaktika va davolash xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Klinika turli xil alopesiya, soch transplantatsiyasi, shuningdek plazma va mezoterapiya diagnostikasi va davolashga ixtisoslashgan.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 71) 230-98-98
4. Medion Aesthetics
Medion oilaviy shifoxonasi ambulatoriya va diagnostika xizmatlari, statsionar davolanish, umumiy va bariatrik jarrohlik, onkologiya va urologiyaning to‘liq kompleksini o‘z ichiga olgan ko‘p tarmoqli tibbiyot markazidir. Klinika alopesiya diagnostikasi, davolash, shuningdek, mezoterapiya va trombotsitlarga boy plazma PRP bo'yicha ixtisoslashgan.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 78) 140-00-44
5. Natural Hair Clinic
Professional kosmetologiya markazi eng yangi va yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan bo'lib, bu ishda eng yangi samarali texnologiyalardan foydalanish imkonini beradi va ko'rsatilayotgan xizmatlarning yuqori sifatini kafolatlaydi. Markazda mutaxassislar maslahat va diagnostika o'tkazadilar, agar kerak bo'lsa, in'ektsiya protseduralarini belgilaydilar. Klinika shuningdek, trixopigmentatsiya xizmatlarini, soch ko'chirib o'tkazish testlarini, soch va qoshlarni ko'chirib o'tkazishni taklif qiladi.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 71) 233-09-19
6. Muqarnas
2017-yilda oʻz eshiklarini bemorlarga ochgan“Muqarnas” estetik tibbiyot markazi tibbiy kosmetologiya va plastik jarrohlik boʻyicha zamonaviy texnologiyali klinika. Klinikaning umumiy maydoni 1000 kvadrat metrdan ortiq (5 qavatda) va zamonaviy jihozlangan operatsiya xonasi, qabul qilish, tekshirish va kosmetik muolajalar uchun xonalarni, shuningdek, SPA-majmuasi va konferentsiya xonasini o'z ichiga oladi.
Tibbiy kosmetologiya faqat tegishli malakaga ega bo'lgan shifokorlar (kosmetologlar, dermatologlar, trixologlar) bemorlarning muammolari bilan shug'ullanishadi. Kosmetik muolajalar anamnez va tekshiruvdan so'ng amalga oshiriladi, bu maksimal natijalarga erishishni kafolatlaydi va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan asoratlar xavfini kamaytiradi.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 71) 202-11-55
7. Perfect Hair
Perfect Hair tibbiyot markazi soch kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan (soch to'kilishi, soch tolalari kasalliklari va ularning tuzilishidagi hamda uning o'zgarishlari), bosh terisi (seboreik dermatit- yog` bezlari faoliyatining buzilishi, psoriaz- yuqmaydigan surunkali teri kasalligi, cheklangan neyrodermatit terining ma`lum bir sohasining qattiq qichishi, sikatrik teri kasalliklari) va eng so'nggi FUE (follikulyar birlik) yordamida soch ko'chirib o'tkazishning o'ziga xos usuli (follikulyar birlik, soch ko'chirib o'tkazishning usullari) va shu kabi turli xil choksiz tikish usullarini qollashadi.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 95) 198-14-00
8. Hayat Medical Center
“HAYAT” ko‘p tarmoqli klinikasi zamonaviy tibbiyotning barcha jahon standartlari asosida diagnostika, ambulator va statsionar yordam ko‘rsatadi. Markaz turli xil alopesiya (kallik) uchun konsultatsiya, diagnostika va tegishli davolanishni tayinlaydi.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 71) 200-88-66
9. Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya markazi
1932-yilda O’rta Osiyo shifokarlarini takomillashtirish instituti tashkil etilib, u yerda teri va tanosil kasalliklari kafedrasi tashkil etildi. Bunday salmoqli tarmoqning mavjudligi O`zbekistonda dermatologiya va venerologiyaning ilmiy-amaliy nasalalari bilan shug`ullanuvchi yagona markaz tashkil etish masalasini ko’tardi. Markaz trixologiya sohasida diagnostika va davolash ishlarini olib boradi.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 78) 147-02-42
Ko‘rishlar: 612
https://anatomica.uz/uz/articl...









