Toshkent yaqinidagi 8 ta sog'lomlashtiruvchi sanatoriyalar
Qoʻllanma
Yangilangan:
Do'stlar, ta'tilni unutilmas tarizda o‘tkazmoqchi bo'lsangiz, tabiat go‘zalliklaridan bahramand bo‘lib, salomatligingizni mustahkamlang va Toshkent shahri yaqinida joylashgan sanatoriylarga e’tibor qarating. Sog'lom tabiat go'zalliklaridan bahramand bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy bermang. Va yodda tutinki sog'lig'ingizga g'amxo'rlik qilish kelajakka sarmoya ekanligi unutmang!

1. "Tashkent Mineral Suvlari" sanatoriyasi
Tashkent Mineral Suvlari sanatoriyasi - Tashkent viloyatining TashMinSuvlari qishlog'ida joylashgan. Dam olish maskani dengiz sathidan 540 metr balandlikda joylashgan. Sanatoriyaning asosiy shifobaxsh omillar - noyob joylashuv va mineral suvning manbai hisoblanadi. Dam oluvchilar davolanish va sog'lomlashtirish protseduralarini individual tanlash bilan malakali fizioterapiya bilan ta'minlanadi. Sog'lomlashtiruvchi markazda davolash tizimlarining tanlash imkoniyati bor: detoks, dam olish, sog'lom yurak, oson nafas olish, harakatlanish quvonchi, gastroenterologiya, stressga qarshi kurashish, oilaviy dam olish, ortiqcha vaznni davolash, sog'lom umurtqa pog'onasi, sog'lom uyqu kabilari mavjud. Sanatoriyada hammasi bo'lib 60 ta xona mavjud bo'lib ulardan 46 tasi standart, 14 tasi lyuks xonadir. Imkoniyati cheklanganlar uchun 3 ta xona mavjud.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 95) 515-22-99

2. "TIBET" SANATORIYA-MAJMUASI
Tibet Mounts Flora sanatoriyasi dam olish, sog'liqni saqlash va davolash xizmatlarini ko'rsatadi. "Tyan-Shan" tog' etaklarida, "Beldersoy"” viloyatining go`zal erida joylashgan. Tibet Mounts Flora hududida O'zbekistondagi yirik ko'p tarmoqli xususiy tibbiyot muassasalaridan biri joylashgan bo'lib, uning asosiy faoliyati yil davomida kattalar va bolalar uchun ambulatoriya, sanatoriya-kurort va sog'lomlashtirish xizmatlarini ko'rsatishdan iborat. Markaz o`z ichiga besh yulduzli mehmonxona, tibbiyot punkti, moslashtirilgan tibbiyot klinika va balneologik majmuasi, bolalar bog'i, shinam va panoramali restoran kabi dam olish maskanlari mavjud. Majmuada jami 43 ta standart xona, 2 ta oilaviy va 3 ta kottej mavjud.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 78) 888-88-80

3. "Chinobod" Sanatoriyasi
“Chinobod” sanatoriyasi Toshkent chekkasidagi katta bog' hududida joylashgan. Dam olish maskani dengiz sathidan 470 metr balandlikda. Asosiy tabiiy shifobaxsh omillarida biri bu xlorid-gidrokarbonat-natriy, Toshkent artezian havzasining termal mineral suvlari va baliqli ko'lining loyli balchiqlari hisoblanadi. Sanatoriyning bebaho boyligi: 1800 metr chuqurlikdan sog'lomlashtiruvchi mazkaz qudug'idan olinadigan shifobaxsh issiq mineral suvidir. Sanatoriya oshqozon-ichak, jigar, oshqozonosti bezi va o`t yo`llaining funktsional buzilishlarini davolash uchun mo'ljallangan. Bu yerda qandli diabet, tayanch-harakat va asab tizimi kasalliklaridan aziyat chekayotganlar, metabolizmda nuqsonlar bo'lganlar yordam topadi. Sog'lomlashtiruvchi markaz bir vaqtning o'zida 316 dan ortiq kishini qabul qila oladi. Majmua shuningdek, bolalar basseyni, amfiteatr, rus hammomi, sauna, teatrlashtirilgan joylar, qushlar xiyoboni va boshqa narsalarni o'z ichiga oladi.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 71) 212-29-12

4. “Zangiota Zam-Zam“ Sanatoriyasi
Sanatoriya hududi qrim va eldor qarag‘aylari, archa, eman, kashtan va ko‘plab mevali daraxtlar bilan obodonlashtirilgan. Sanatoriya hududida chuqurligi 1960 m bo'lgan quduq mavjud. “Zangiota Zam-Zam” mineral suvi immunokorreksiyalovchi, yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi, ishqor, desensibilizatsiya qiluvchi, kuchli siydik haydovchi ta’sirga ega. Jigar, buyraklar va boshqa organlarning funksional holatini yaxshilaydi. Buyraklardagi tosh va qumlarning chiqarilishiga yordam beradi. Shuningdek, bu oshqozonning kislota hosil qiluvchi va sekretor funksiyasini yo`q qilishga olib keladi. Sanatoriya xonalari bir xonali 2 va 3 o'rinli bo'lib, televizor (rus va o'zbek televideniyasi), muzlatgich, dush, hammom bilan jihozlangan. Sanatoriyda ovqatlanish kuniga 4 marta, tibbiy muolajalar vaqtida dam oluvchilarga damlamalar, ko'pikli kislorod va turli xil muolajalar taklif etiladi. Sanatoriyda dam oluvchilarga oliy toifali shifokorlar va tibbiyot fanlari nomzodi maslahat beradi.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 98) 307-40-10

5. "Zarkent" Sanatoriyasi
“Zarkent Sanatoriyasi” – Toshkent viloyatida, dengiz sathidan 800 metr balandlikda joylashgan togʻ- iqlim kurorti. Dam olish maskani bargli o’rmonlar ,tog' yonbag’irlari bilan o’ralgan. Davolash omili toza tog` havosi hisoblanadi. Bularning barchasi o`ziga xos bo`lmagan etiologiyaning nafas olish kassalliklari bilan og`rigan bemorlarni davolashda foydalidir. Davolash kompleksi fizioterapiya, sun`iy vannalar (ignabargli tuz), tuz gòri, massaj, mashqlar terapiyasi, sog`liqni saqlash yo`li, muvozanatli ovqatlanishni o`z ichiga oladi.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 95) 160-61-00

6. “Humson buloq“ Sanatoriyasi
Markaz ko`p tarmoqli tibbiyot muassasasi bo`lib, zamonaaviy asbob-uskunalari bilan jihozlangan noyob davolash-diagnostika bazasiga ega, sanatoriya vektori doimo xalqaro standartlarga muvofiq tibbiy-diagnostika bazasini mustahkamlashga qaratilgan. Sanatoriya mutaxassislari kardiologik, nevrologik, terapevtikprofiga ega bo`lgan bemorlarni tiklash, reabilitatsiya qilish bosqichida malakali yordam ko`satishga doimo tayyor.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 93) 399-60-00

7. “Bo`ston Sanatoriyasi“
“Bo‘ston” sanatoriysi atrofi yam-yashillarga o‘ralgan bo‘lib, Toshkent shahridan 30 km uzoqlikda, “Bo‘zsu” va “Zax” daryolari tekisligida, dengiz sathidan 450 m balandlikda joylashgan. Markaz 1928 yilda “ 10 yillik oktyabr“ dam olish uyida tashkil etilgan. Sanatoriyda yurak-qon tomir, nevrologik, ginekologik va urologik kasalliklarga chalingan bemorlar uchun zamonaviy davolash-diagnostika bazasi yaratilgan. Bu yerda balneoterapiya, loy terapiyasi, elekrtoterapiya, magniterapiya, lazer terapiyasi, galomeloterapiya, fizioterapiya mashqlari, massaj, akupunktur, dietoterapiya, fitobar va kislorod kokteyli muvaffaqaytli qo`llanilmoqda. Davolashning yangi usullaridan shimoliy yurish, tosh terapiyasi va ozon terapiyasi joriy etildi.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 70) 715-49-90

8. "Semurg" Sanatoriyasi
"Semurg" sanatoriyasi Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Eshonguzar qishlogi hududida joylashgan. Dam olish maskani dengiz sathidan 455 metr balandlikda. Davolash uchun ko`rsatmalar: tanani tiklash, oshqozon ichak trakti, diabet, nafas olish organlari, buyrak va siydik yo`llari kasalliklari, jigar va jinsiy a`zolar , teri kasalliklariva asab tizimi kabi kassaliklarni davolashga qaratilgan. Sanatoriya bir vaqtning o`zida 120 dan ortiq kishini qabul qila oladi. Majmua asosi turar-joy va tibbiyot binolaridan iborat.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 95) 142-87-18
Ko‘rishlar: 21968
https://anatomica.uz/uz/articl...









