Qondagi shakar darajasini tekshirish uchun 8 ta laboratoriya va klinikalar

Qoʻllanma

Yangilangan:

Tibbiyot ilm-fan va texnologiya taraqqiyoti tufayli siz endi sog'lig'ingizga ko'proq gamxor bo'lishingiz mumkin. Doimiy monitoringni talab qiladigan muhim jihatlardan biri bu tanadagi shakar darajasi. Bunda sizga yordam berish uchun biz Toshkentdagi qand miqdorini tekshirishingiz mumkin bo'lgan laboratoriya va klinikalarni belgilovchi qo'llanmani tuzdik. 

 

 

1. BIOGEN MED

 

Biogen Med diagnostika va davolash markazi yuqori aniqlikdagi laboratoriya diagnostikasi va sifatli tibbiy xizmatlarni taqdim etadi. Klinikada bir qator tibbiy tekshiruvlar bor, uy sharoitida tekshiruvlar, ultratovush tekshiruvi, shifokor maslahati va  keng qamrovli tekshiruvlari mavjud. Tibbiy markazda 24 soatlik LOR xizmati mavjud. Klinika RIQAS- Randox (Buyuk Britaniya) xalqaro dasturlari bo'yicha muntazam ravishda laboratoriya sifatini tashqi baholashdan o'tadi; EQAS-BIO-RAD (AQSH) va ISO 9001:2015. Markazning barcha mutaxassislari yillik baholash va malaka oshirish dasturlaridan o'tadilar. Klinikada zamonaviy diagnostika uskunalari mavjud.

 

Bog'lanish uchun telefon: +(998 71) 230-74-72

 

 

 

2.  Franck medic

 

Frank Medic ko'p tarmoqli tibbiyot markazi Germaniyaning yetakchi klinikasi bilan hamkorlik qiladi. Unda Germaniya, Isroil, Buyuk Britaniyaning zamonaviy asbob-uskunalari va davolash usullaridan foydalangan holda urologik, ginekologik, endokrinologik, nevrologik va boshqa kasalliklar muvaffaqiyatli davolayotgan yuqori malakali shifokorlar faoliyat yuritmoqda. Klinikada siz barcha turdagi testlarni topshirishingiz, diagnostika natijalarini olishingiz, ko'rikdan o'tishingiz va davolanishingiz mumkin. Markaz keng diagnostika va davolash xizmatlarini taqdim etadi. Bu yerda umurtqa pog'onasi churrasi, prostata adenomasi, prostatitning asoratlangan shakllari, qandli diabet tufayli pastki ekstremitalarda yuzaga keladigan trofik asoratlar, bo'g'oz, erkak va ayolning bepushtligi va turli yo'nalishdagi boshqa kasalliklarni davolashadi. Bemorlar konsultatsiyadan tashqari, ultratovush va to'liq laboratoriya diagnostikasidan o'tishlari mumkin.

 

Bog'lanish uchun telefon: +(998 55) 503-89-99

 

 

 

3.  De faсtum

 

Klinikada siz bir vaqtning o'zida  laboratoriya xizmatidan foydalanishingiz va shifokor ko'rigidan o'tishingiz mumkin. Har qanday sog'liq bilan bog'liq  muammolarini tez va oson hal qilish uchun laboratoriya va klinika birlashtirilgan. Klinika oddiy, halol formulaga amal qiladi: avval sinovlar, keyin davolash. Ushbu yondashuv tashxisning aniqligini oshiradi, keraksiz xarajatlarni kamaytiradi va aniq davolash rejasini ta'minlaydi. Мarkazda 5 yildan ortiq tajribaga ega 17 ta mutaxassislik bo'yicha shifokorlar ishlaydi va laboratoriya mutaxassislari 23 yo'nalishda 600 ta tekshiruv o'tkazadilar.

 

Bog'lanish uchun telefon: +(998 71) 230-21-37

 

 

 

4.  Swiss lab

 

Swisslab O'zbekistondagi birinchi kilinik diagnostika laboratoriyalari tarmog'idir. Ayni paytda Toshkent, Angren, Samarqand shaharlarida yigirmaga yaqin laboratoriya mavjud. Ularning har biri eng yangi avlod diagnostika uskunalari va tibbiy reaktivlar bilan jihozlangan. Swisslab kompaniyasi BioSystems(PREVECAL) Ispaniya va FSVOK (laboratoriya tadqiqotlari sifatini tashqi baholash federal tizimi) Rossiya kabi rasmiy xalqaro sifat sertifikatlarga ega. Swisslab-da qo'llaniladigan avtomatlashtirilgan ish jarayoni va yangi texnologiyalar tadqiqotdagi barcha xato va noaniqliklarni bartaraf etadi. Sizga qulay bo'lishi uchun tahlillar keng qamrovli tadqiqotlarga guruhlangan masalan: "Kardiorisk", "Diabet xavfi", "Lipid holati". Tugallangan testlar natijalariga ko'ra, laboratoriya sinovlari bilan bepul maslahat o'tkaziladi.

 

Bog'lanish uchun telefon: +(998 71) 207-65-56

 

 

 

5.  American hospital

 

"American Hospital" yurak-qon tomir jarrohligi markazi 2018 yil oxirida tashkil etilgan. "American Hospital" - bu katta tajribaga, ilg'or innovatsion texnologiyalarga va yangi jihozlarga ega bo'lgan professionallar jamoasining klinikasi. Markaz yurak-qon tomir jarrohligi bo'yicha keng ko'lamli xizmatlarni taklif etadi.

 

Bog'lanish uchun telefon: +(998 71) 209-03-03

 

 

 

6. IMMUNOLAB tibbiy laboratoriyasi 

 

Eng qisqa vaqt ichida aniq sinov natijalarini ta'minlaydigan ilg'or uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy, ko'p tarmoqli laboratoriya. Laboratoriyadagi mutaxassislar katta tajribaga ega va yillik baholash va malaka oshirish dasturlaridan o'tadilar. IMMUNOLAB har bir bemorga individual yondashuvga katta ahamiyat beradi va yuqori darajadagi xizmatni kafolatlaydi. Klinikaning vazifasi qulay muhitda professional va g'amxo'r tibbiy yordam ko'rsatishdir.

 

Bog'lanish uchun telefon: +(998 99) 998-99-00  

 

 

 

7.  Genotehnologiya

 

"Genotexnologiya" laboratoriyasida xromosoma kasalliklari, irsiy genetik va onkogematologik kasalliklar, trombofiliya bilan og'rigan bemorlar tekshirilib, tashxis qo'yilmoqda. Genotexnologiya laboratoriyasi barcha kerakli klinik, molekulyar genetik va sitogenetik tadqiqotlarni olib boradi. Amaldagi diagnostikayondashuvlari o'zimizning original ishlanmalarimiz va zamonaviy molekulyar diagnostika usullariga (polimeraza zanjiri reaktsiyasi, sekvensiya, standart sitogenetika) asoslanadi.

 

Bog'lanish uchun telefon: +(998 95) 198-83-03

 

 

 

8. Akusherlik va ginekologiya tibbiyot markazi

 

1974 yilda 2-tug'ruqxona negizida tashkil etilgan Akusherlik va ginekologiya ilmiy-tadqiqot instituti akusherlik ilmiy muassasasi hisoblanadi. Institut iqlim va geografik sharoitlarning ayollar salomatligiga zararli ta'sirini o'rganadi. Shuningdek, markaz O'zbekistonda homilador ayollar kasalliklarini davolash, turli ko'rik va diagnostika ishlari bilan shugullanadi. Institut filiallari O'zbekistonning to'rtta viloyatida tashkil etilgan. Klinikada biopsiya, ponksiyon, rentgen, ultratovush shu jumladam ayollar uchun  ham, endoskopik tadqiqot usullari, funksional diagnostika, 4D ultratovush kabi diagnostika, shuningdek, estetik ginekologiya sohasida xizmatlar ko'rsatilmoqda.

 

Bog'lanish uchun telefon: + (998 71) 263-78-18

Ko‘rishlar: 426

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz