Vitiligo davolanadigan 7ta markaz
Qoʻllanma
Yangilangan:
Endi “Vitiligoni davolash” deb izlashingizga hojat yo'q. Biz oq dog'lardan davolashga ixtisoslashgan klinikalarga doir qimmatli ma'lumotlarni yig'ib, etiboringizga havola etiyapmiz. Ushbu klinikalarning har birida vitiligoni davolashda yordam beradigan bir qator dermatologik va kosmetik xizmatlarni taklif qiluvchi tajribali mutaxassislar ishlaydi. Ularda fototerapiya, lazer terapiyasi, plastik jarrohlik kabi zamonaviy davolash usullari qo'llaniladi.

1. Expert Medical clinic
"Expert Medical" klinikasida maxsus ishlab chiqilgan dasturlar, ilg'or uskunalar va barcha turdagi tahlillar mavjud. Qabulni ko'p yillik tajribaga ega - ginekolog, kosmetolog, plastik jarroh, dermatolog, trixolog kabi shifokorlar olib boradi. Dermatologiya terining, tirnoqlarning, sochlarning va shilliq pardalarning tuzilishi va funksiyalarini o'rganadi. Ushbu sohadagi mutaxassis qichishish, nosog'lom rang, toshma va neoplazmalarning paydo bo'lishining sabablarini aniqlashga yordam beradi. Odamlar akne va zamburug' kasalliklarini davolash, siğil, papillomalar, nevuslarni, shuningdek teridagi yosh dog'lari va chandiqlarni yo'q qilish uchun unga murojaat qilishadi.
Bog'lanish uchun telefon : +(998 71) 249-15-9

2. Derma Center
Toshkent shahrida joylashgan Derma Center yuqori sifatli va malakali dermatologik va kosmetologik xizmatlarni taklif etadi. Markazda ko‘p yillik tajribaga ega dermatolog, kosmetolog va onkodermatologlar: dermatoskopiya, trixoskopiya, trixogramma kabi mutaxassislar innovatsion diagnostika o‘tkazib, yuqori malakali yordam ko‘rsatib kelmoqda. Teri kasalliklarini davolashda lazer va eng yangi avlod uskunalari qo'llaniladi. Mutaxassislar davolanish jarayonida aniq tashhixlarni beradi. Ammo esda tutish kerak, mavjud dog'lar to'liq yo'qolmaydi va relapslar har doim ham mumkin.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 99) 301-33-30

3. M.SHifo
“M.Shifo” klinikasi 1998 yilda professor Adxam Shovkatovich Vaisov tomonidan tashkil etilgan. Oʻzbekistondagi birinchi xususiy oilaviy dermatologik klinikalardan biri hisoblanadi. M.Shifo klinikasi lazer va apparatli kosmetologiyaning eng so'nggi usullari bilan bir qatorda eng zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanishga asoslangan turli xil teri kasalliklarini tashxislash va davolashning noyob usullarini o'zida mujassam etgan klinikadir. Ushbu markaz vitiligoni kompleks davolaydi. Klinika quyidagilarni o'z ichiga oladi: an'anaviy davolash usuli; dori-darmonlarni qabul qilish va zarur fizioterapiya muolajalarini o'tkazish; va maksimal ta'sirga erishish uchun terining epidermotransplantatsiyasi.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 71) 241-34-13

4. Saatov Vitiligo clinic
“SAATOV VITILIGO CLINIC” - tibbiyot klinikasi shifokorlar va tajribali tibbiyot xodimlari nazorati ostida vitiligoning barcha shakllarini, yuzma-yuz ko‘rikdan tortib, barcha muolajalargacha bo‘lgan turli ambulator muolajalarni o‘tkazishga ixtisoslashgan. Klinika quyidagi xizmatlarni taklif etadi: vitiligo bilan bog'liq barcha turdagi laboratoriya tekshiruvlari, mutaxassis tomonidan to'liq tekshirish va tashxis qo'yish va asosiy kasallikni aniq tashxislash.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 99) 100-25-52

5. Healthy Skin
“Healthy Skin” dermatologiya va kosmetologiya markazida teri kasalliklarini davolovchi dermatovenerolog, onkodermatolog, kosmetolog shifokorlar maslahat beradi, tibbiy maslahatlar va kosmetik muolajalarni olib boradi. Klinikada, siz teri bilan bog'liq barcha muamolar haqida mutaxassis onkodermatologdan professional maslahat olishingiz mumkin. Klinika shifokorlari vitiligo kasalligini to'liq tashxislash va davolashni ham amalga oshiradilar.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 98) 337-66-01

6. Respublika Dermatovenerologiya va kosmetologiya markazi
1932-yilda Oʻrta Osiyo shifokorlar takomillashtirish instituti barpo etilib, u yerda teri va tanosil kasalliklari kafedrasi tashkil etildi. Bunday salmoqli tarmoqning mavjudligi O‘zbekistonda dermatologiya va venerologiyaning ilmiy-amaliy masalalari bilan shug‘ullanuvchi yagona markaz tashkil etish masalasini ko‘tardi. Markazda PRP terapiyasi, vitiligo uchun automelanotsit transplantatsiyasi va boshqa diagnostika va xizmatlar ko'rsatiladi.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 78) 147-02-42

7. Toshkent viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseri
Toshkent viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanserida teri kasalliklari bo‘yicha keng ko‘lamli xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Markaz vitiligoni kompleks davolash diagnostikasini o'z ichiga oladi.Vitiligo surunkali dermatozdir.Teri va sochlardagi melanin darajasining pasayishi yoki to'liq yo'qolishi bilan tavsiflanadi. Melanin teri, soch va koz qobigi pigmenti bo'lib, ularning rangini belgilaydi. Melanin melanotsitlar tomonidan ishlab chiqariladi. Melanotsitlar himoya funktsiyasini bajaradi, chunki melaninning chiqarilishi tananing quyosh nurlanishiga javobgar himoya reaktsiyasidir. Bunday muammoga duch kelgan bemor, albatta, vitiligoni qanday davolash kerakligi bilan qiziqadi. Ammo 100% samarali usullar mavjud emasligini darhol ma’lum qilamiz. Ba'zi davolash usullari to'qimalarning yorug'lik jarayonini sezilarli darajada sekinlashtirishi mumkin.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 71) 278-11-11
Ko‘rishlar: 839
https://anatomica.uz/uz/articl...









