Sog'ligingizga g'amxo'rlik qilish uchun 6 ta aqlli ilovalar
Qoʻllanma
Yangilangan:
Anatomica sizning sog'ligingiz uchun eng foydali ilovalar bo'yicha qo'llanma tayyorladi. Ulardan foydalaning va o'zingizga g'amxo'rlik qiling. Bu ilovalar shifokor bilan maslahatlashish o'rnini bosa olmasa ham, ular sog'lig'imizga e'tiborliroq bo'lishga yordam beradi.

MyTherapy
Dori-darmonlarni qabul qilishni eslatish uchun yaralgan ilova. MyTherapy ilovasi dori-darmonlarni qabul qilishni eslab qolishingizga yordam beradi. U nafaqat sog'ligingiz haqidagi ma'lumotlarni saqlaydi, balki davolanish jarayoni haqida hisobotlarni ko'rish imkonini beradi.

FatSecret
Oziq-ovqat kundaligini yuritish uchun ilova. FatSecret fotosuratlardan oziq-ovqatlarni aniqlashi va shtrix-kodlarni skanerlashi mumkin. Endi siz oqsillar, yog'lar va uglevodlardan tashqari qancha shakar, tuz, tola va xolesterin iste'mol qilganingizni bilib olishingiz mumkin.

Pedometer
Agar siz faol hayot kechirsangiz va bosib otgan qadamlar sonini kuzatmoqchi bo'lsangiz, Pedometr sizga bu borada yordam beradi. Ilova, shuningdek, yurish tezligi, jarayonda yoqilgan kaloriyalar, o'tilgan masofa va yurish vaqti haqida ma'lumot beradi.

Pollen Club
Allergiyaga chalinganlar uchun maxsus ilova. Uning yordamida siz keng tarqalgan allergenlarning faolligini kuzatish imkoniga egasiz. Ushbu ilova yordamida sizga qaysi joylar tog'ri kemasligini osongina aniqlashingiz mumkin.

Flo
Dunyodagi eng mashhur ayollar salomatligini kuzatuvchi mobil ilovalardan biri. Ilova hayz davrining barcha bosqichlari va davomiyligini kuzatishi, shuningdek, sizning umumiy holatingizni qayd etishi mumkin.

Cardiograph
To'g'ri puls. Yurak tezligini o'lchash uchun eng oddiy ilovalardan biri. Agar barmog'ingizni qurilma kamerasiga qo'ysangiz (buni yaxshi yoritilgan xonada bajarish kerak), u yurak urish tezligini o'lchab beradi.
Ko‘rishlar: 340
https://anatomica.uz/uz/articl...









