Toshkent shahridagi 6 ta tuz g'orlari
Qoʻllanma
Yangilangan:
Do'stlar, biz sizlar uchun tuz terapiya markazlari bo'yicha qo'llanma tayyorladik! Tuz terapiyasi stress va uyqusizlik bilan kurashishga yordam beradi, eng muhimi, zo'riqishlardan keyin charchoqni ketkazadi. Bu xonalarda tanaga foydali terapevtik ta'sir ko'rsatadigan mayda zarrachalardan iborat maxsus tuzli eritma doimo havoga purkaladi. Tuzli g'orlarning asosiy afzalligi nafas yo'llarini chang, allergen va toksinlardan zararsiz tozalashdir.

Medion Aesthetic & SPA
Dam olishni va sog'lig'ini yaxshilashni istagan mehmonlar Medion Aesthetic & SPA tuz xonasiga tashrif buyurishlari mumkin. Ushbu joyda ular mineral tuzlar bilan to'yingan havo tufayli dam olishlari, stressni kamaytirishlari va immunitetni mustahkamlashlari mumkin. Bundan tashqari, terapiya terining holatini yaxshilashga yordam beradi.
Murojaat uchun: (78) 120-00-33
“Zangiota ZAM-ZAM” sanatoriyasi
Galogeneratorli tuz g'ori - bu turli kasaliklarni oldini olish, davolash va yoshartirishning dori-darmonsiz innovatsion usuli hisoblanadi. Galogenerator tuzni 1-5 mikrongacha maydalashni ta'minlaydi. Tuz zarralari nafas yo'llarini eng kichik bronxlargacha tozalaydi, ularni zararli mikroorganizmlardan va moddalardan tozalaydi hamda nafas olish yo'llarining tabiiy faollashtiradi.
Murojaat uchun: (98) 307-40-10
"Solti" tuz g'ori
“SOLTIK” tuz gʻorida havoni tuz ionlari bilan toʻyintirish uchun eng yangi uskunalar oʻrnatilgan. G'ordagi havoda allergen va bakteriyalar umuman yo'q. O'pkaga chuqur kirib boradigan kichik tuz zarralari esa bronxlarni tozalaydi va balg'amning yaxshi chiqishiga yordam beradi, bu allergik reaktsiyalar va bronxooʻpkali tizim kasalliklari bo'lgan odamlar uchun juda foydalidir.
Murojaat uchun: (71) 233-78-96

Aesthetic Akfa
Aesthetic Akfa markazida shifo va dam olishingiz uchun tuz g'ori mavjud. Tuzli g'orga tashrif buyurish stressdan xalos bo'lishga, uyquni yaxshilashga, allergiya, astma va boshqa nafas yo'llari kasalliklarining alomatlarini engillashtirishga yordam beradi. G'ordagi havo salbiy zaryadlangan ionoforlar bilan to'yingan bo'lib, u nafas yo'llarini tozalashga, immunitetni mustahkamlashga va tananing umumiy salomatligini yaxshilashga yordam beradi.
Murojaat uchun: (97) 200-30-03

City Med
City Med klinikasi kelib tuz g'origa tashrif buyurishingiz mumkin. G'ordagi tuzning foydali xususiyatlari, tanaga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu metabolizmni normallashtirishga yordam beradi va ovqat hazm qilish jarayonlarini barqarorlashtiradi. Tuz ham uyqusizlik va depressiya bilan kurashishga yordam beradi.
Murojaat uchun: (78) 777-01-03

Respublika Allergiya Markazi
Respublika allergologiya markazida tuz bilan davolash usuli bo‘lgan galoterapiya mavjud. Davolash maxsus jihozlangan tuz xonalarida amalga oshiriladi, bu yerda bemorlar tuz aerozollari bilan o'ralgan holda dam olishadi. Ushbu davolash usuli bir vaqtning o'zida bronxial astma, surunkali bronxit, bronxoektaz va faringit kasalliklarida yordam beradi.
Murojaat uchun: (90) 024-55-03
Ko‘rishlar: 657
https://anatomica.uz/uz/articl...









