ASBga chalingan bolalar uchun 5 ta markaz
Qoʻllanma
Yangilangan:
Agar farzandingiz ozgacha rivojlanishga ega bo'lsa, qayerga murojaat qilish kerak? Biz Toshkent shahridagi autizm spektri buzilishiga ega bolaning ota-onasi murojaat qilishi mumkin bo‘lgan markazlar haqida qo‘llanma tayyorladik. Bundan tashqari, ushbu markazlarda nutq rivojlanishining kechikishi va o'ziga xos xususiyatlari bo'lgan bolalar uchun individual davolash dasturlari mavjud. Autizm spektrining buzilishi bo'lgan bolalarga qanchalik tez yordam berilsa, ularning muvaffaqiyatli davolanish imkoniyati shunchalik yuqori bo'ladi.

1. Tomatis - hissiy integratsiya va nutqni rivojlantirish markazi
Markaz nutq rivojlanishidagi kechikishlar, o‘ziga xos hissiy buzilishlar, emotsional va xulq-atvori ozgarishi, hamda barcha ASBga chalingan bolalar uchun individual davolash va tuzatish dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 97) 404-05-06

2. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi
Markaz aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari (nogiron, ota-ona qaramog‘isiz qolgan, shuningdek, ijtimoiy-huquqiy xavf ostida bo‘lgan) bolalarga har tomonlama tibbiy-ijtimoiy, psixologik-pedagogik hamda maslahat-huquqiy yordam ko‘rsatadi. Markaz bolalarning holatini chuqur o'rganadi va ularning muammolarini paydo bo'lish xavfini kamaytirish va hal qilish uchun maqsadli kompleks dastur ishlab chiqadi.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 71) 281-59-31\32

3. Aaron Academy Kids
Ushbu markaz autizm spektrining buzilishi bo'lgan bolalar uchun maktabdir. Aaron Academy Kids bolalarga o'z imkoniyatlarini quyidagi yo'llar bilan namoyon etishni taklif qiladi: diagnostika usullari, terapevtik reabilitatsiya xizmatlari; zarur mutaxassislarni jalb qilgan holda individual yordam va o'qitish rejasi; fizioterapiya, gidroterapiya, Floortime terapiyasi, mehnat terapiya ( tibbiy va jismoniy mashqlar), shuningdek, sensorli xonalar, ippoterapiya, kanistroterapiya, qum terapiyasi va boshqa muolajalar mavjud.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 71) 210-33-33

4. Neuroland - nutqni tuzatish va intellektual rivojlanish markazi
Neuroland - nutqni tuzatish va intellektual rivojlanish markazi bu yerda nutqning umumiy rivojlanmaganligi, alaliya ( miyadaga buzilishlar), dizartriya, autizm, miya yarim falaji, duduqlanish (logonevroz), disgrafiya (yozuv buzilishi), disleksiya (o'qish buzilishi), nutq rivojlanishining kechikishi uchun tuzatish yordami ko'rsatiladi.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 90) 316-88-08

5. Reacenter Tashkent tibbiy markaz
“Reacenter Tashkent” bolalar nevrologiya va refleksologiya bo‘limidir. Markaz Rossiyaning "Reacenter" klinikalari tarmog'ining rasmiy filiali hisoblanadi. Klinika bolalardagi nutq nuqsonlarini, shuningdek, bolaning ijtimoiy muhit bilan bog'liq muammolarini davolashga ixtisoslashgan. Klinikada autizm, nutq va psixo-nutq rivojlanishining kechikishi, hissiy alaliya, markaziy asab tizimining perinatal shikastlanishi, Daun sindromi, kichkintoylarda miya yarim falaji, shuningdek ta`lim bilan bogliq muammolari uchun davolashni taklif etadi.
Bog'lanish uchun telefon: +(998 94) 655-78-88
Ko‘rishlar: 1895
https://anatomica.uz/uz/articl...









