10 клиник, где предоставляют услуги эстетической гинекологии

Qoʻllanma

Yangilangan:

O'zbekistonda estetik ginekologiya faol rivojlanib, tobora ommalashib bormoqda. Bugungi kunga kelib, tibbiyotning ushbu sohasi ayol jinsiy a'zolarining tashqi ko'rinishini yaxshilashga qaratilgan. Biz esa Toshkent shahridagi estetik ginekologiya xizmatlari ko'rsatiladigan klinikalar bo'yicha qo'llanmani tuzdik.

 

 

 

1. Medimax

 

MEDIMAX bu xususiy ko'p tarmoqli tibbiyot markazi, qariyb 20 yil davomida odamlarga - salomatlik, farovonlik, yaxshi kayfiyatni qaytarmoqda. MEDIMAX klinikasi o'z tarixini 1995-yildan boshlab, respublikadagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlaridan biri "Prokto-Serviz" tashkil etilgan paytdan boshlab yetakchilik qilmoqda. Har bir bemorga individual yondashuv va proktologiya va ginekologiyadan tortib laboratoriya va fizioterapiyagacha bo'lgan xizmatlarni ko'rsatib kelmoqda.

Klinikada qabullarni yuqori malakali mutaxassislar amalga oshiradilar. Tibbiy markazning asbob-uskunalari aniq tashxis qo'yish va to'liq davolash imkonini beradi; tos a'zolarining ultratovush diagnostikasi(bachadon,qo'shimchalar, tuxumdonlar), barcha turdagi laboratoriya tekshiruvlari, kolposkopiya mavjud. Klinika plastik va operativ ginekologiya bo'yicha ham ishlaydi. 

 

Bog'lanish uchun telefon: + (998 71) 264-13-00

 

 

 

 

2. Kasmed

 

Kasmed tibbiyot markazi 1998 yilda tashkil etilgan. Hozirda klinikada tibbiyotning turli yo’nalishlari bo’yicha yuqori malakali mutaxassislar ishlaydi. Klinika xodimlari nafaqat respublikada, balki xorijda ham o‘z bilimlarini muntazam oshirib bormoqda. Mutaxassislar bir necha bor Rossiya, Braziliya, Argentina, Germaniya, Avstraliya, Gollandiya, Italiya, Angliya, AQSH va boshqalarda o’tkazilgan xalqaro forum va kongresslarda foal qatnashib kelmoqda.

Klinika plastik, rekonstruktiv va estetik jarrohlik, oftalmologiya, stomatologiya, dermatologiya, kosmetologiya, fizioterapiya, fotorejuvenatsiya, fotoepilyatsiya, selulitga qarshi terapevtik massaj, ozon terapiyasi, laboratoriya va ultratovush tekshiruvi, ginekologiya sohalarida diagnostika, profilaktika va terapevtik xizmatlar ko'rsatadi. 

 

Bog'lanish uchun telefon: +(99871) 288-34-34, +(99871) 288-35-35    

 

 

 

3. ESTIMED

 

"Estimed" klinikasi 2004 yilda tashkil etilgan bo'lib, zamonaviy, shinam binoda joylashgan, maydoni 1000 kv.m. va eng yuqori talablarga javob beradi. Xodimlar 25 nafar yuqori malakali mutaxassislardan iborat. Klinika plastik jarrohlik, otorinolaringologiya, urologiya, flebologiya, ginekologiya, stomatologiya (terapevtik va ortopediya), laboratoriya, EKG va ultratovush diagnostikasi kabi bo'limlarni o'z ichiga oladi. Klinikada ambulator va statsionar xizmat ko'rsatiladi.

Klinikada labioplastika, kolporafiya va histeroskopiya kabi intim plasrik jarrohlik turlari amalga oshiriladi.

 

Bog'lanish uchun telefon: +(99871) 271-23-07 

 

 

 

4. Muqarnas 

 

2017-yilda oʻz eshiklarini bemorlarga ochgan“Muqarnas” estetik tibbiyot  markazi tibbiy kosmetologiya va plastik jarrohlik boʻyicha zamonaviy texnologiyali klinika. Klinikaning umumiy maydoni 1000 kvadrat metrdan ortiq (5 qavatda) va zamonaviy jihozlangan operatsiya xonasi, qabul qilish, tekshirish va kosmetik muolajalar uchun xonalarni, shuningdek, SPA-majmuasi va konferentsiya xonasini o'z ichiga oladi.

Tibbiy kosmetologiya bilan faqat malakaga ega bo'lgan shifokorlar (kosmetologlar, dermatologlar, trixologlar) bemorlarning muammolari bilan shug'ullanishadi. Kosmetik muolajalar anamnez va tekshiruvdan so'ng amalga oshiriladi, bu maksimal natijalarga erishishni kafolatlaydi va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan asoratlar xavfini kamaytiradi.

 

Bog'lanish uchun telefon:  +(998 71) 202-11-55

 

 

 

 

5. Akusherlik va ginekologiya tibbiy markazi

 

1974 yilda 2-tug'ruqxona negizida tashkil etilgan Akusherlik va ginekologiya ilmiy-tadqiqot instituti akusherlik va ilmiy muassasa hisoblanadi. Institut iqlim va geografik sharoitlarning ayollar salomatligiga zararli ta'sirini o'rganadi. Shuningdek, markaz O'zbekistonda homilador ayollar kasalliklarini davolash, turli ko'rik va diagnostika ishlari bilan shugullanadi. Institut filiallari O'zbekistonning to'rtta viloyatida tashkil etilgan.

Klinikada biopsiya, ponksiyon, rentgen, ultratovush shu jumladam ayollar uchun  ham, endoskopik tadqiqot usullari, funksional diagnostika, 4D ultratovush kabi diagnostika, shuningdek, estetik ginekologiya sohasida xizmatlar ko'rsatilmoqda

 

Bog'lanish uchun telefon: + (998 71) 263-78-18

 

 

 

6. Ayol Care - ayollar salomatligi markazi

 

Bu eng zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan zamonaviy Ayollar salomatligi markazi bo'lib, bu yerda haqiqiy mutaxassislar ishlaydi. AyolCare klinikasi 2019-yilning 1-noyabr kuni o'z eshiklarini ochdi. AyolCare - tibbiyot markaziga qaysi sababga ko'ra murojaat qilganidan qat'i nazar, har bir ayol uchun mutlaq qulaylik muhitiga ega. AyolCare klinikasining missiyasi ayollarning sog'ligiga qaratilgan, chunki ular tufayli yangi avlod dunyoga keladi. Kelajak avlodning salomatligi uning jismoniy va eng muhimi, psixologik salomatligi onaga bog'liqdir.

AyolCare klinikasida bemorning ahvolini baholash va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan kassaliklarni aniqlashda zamonaviy biokimyoviy, mikrobiologik va gistologik tadqiqotlar, shuningdek, noinvaziv tadqiqot usullariga tayanadi.

 

Bog'lanish uchun telefon: +(998 78) 150-79-97

 

 

 

7. Mediva

 

Biz uchun go'zallik san'at, klinikamiz mutaxassislari esa sizning go'zalligingiz va yoshligingizni asrashning barcha sirlarini biladigan san'atkorlardir,- deydi "Mediva" klinikasi. Har bir ayol o'ziga xosdir va har biri o'ziga xos xususiyatga ega. To'g'ri parvarish qilish orqali tabiiy go'zalligingizni saqlab qoling. "MEDIVA" klinikasi estetik va tibbiy ginekologiya sohasida ham keng ko'lamli xizmatlarni taqdim etadi.

 

Bog'lanish uchun telefon: + (998 71) 253-95-55

 

 

 

8. TASHKENT MEDICAL PARK - by Urologic Complex

 

Tashkent Medical Park by Urologic Complex - Toshkentdagi yetakchi xususiy tibbiyot markazi. Klinika o'z faoliyatini 2016 yilda boshlagan. Tashkent Medical Park by Urologic Complex klinikasining o'ziga xosligi shundaki  O'zbekistonda tengi yo'q uskunalar va operatsiya xonalari majmuasidir. Klinika shifokorlari qorin bo'shlig'i va siydik yo'llarining turli organlarining patologiyasi uchun eng murakkab minimal invaziv va an'anaviy operatsiyalarni amalga oshiradilar. Markazda zamonaviy Evropa uskunalari yordamida yuqori sifatli diagnostika ham amalga oshiriladi. Klinikada ginekologik manipilyatsiyalar an'anaviy va laparoskopik ginekologik poeratsiyalar bo'yicha xizmatlar ko'rsatiladi.

 

Bog'lanish uchun telefon:  + (998 78) 777-03-03

 

 

 

9. EXPERT MEDICAL CLINIC 

 

Qarishga qarshi, regenerativ (tiklovchi) va estetik tibbiyot klinikasi. Maxsus texnikalar yordamida klinikada tananing biologik ritmlarini normallashtirishga, surunkali yallig'lanish jarayonlaridan xalos bo'lishga, to'qimalarni, asab hujayralarini va endokrin bezlarni qayta tiklashga, immunitetni va tananing stressga chidamliligini oshirishga imkon beradigan individual davolash 
sxemalari ishlab chiqiladi.

 

Bog'lanish uchun telefon: +(99871)249-15-90

 

 

 

10. Horev medical center

 

Horev Medical Center - eski ToshMI yaqinida, Maxtumquli ko'chasida joylashgan. Bemorlarning kasalliklarini aniqlash uchun zamonaviy uskunalardan foydalanadi. Har bir bemor uchun individual yondashuv amalga oshiriladi, bu inson salomatligi holatiga jiddiy munosabatda bo'lishni kafolatlaydi. Siz onlayn yoki telefon orqali shifokor bilan uchrashishingiz mumkin. Klinik diagnostika MSCT, ponksiyon, ultratovush, homiladir ayollar uchun ultratovush, endoskopik tekshirish usullari, ekokardiyografiya, 3D ultratovushi.

Klinika ko'plab sohalarda, jumladan, estetik ginekologiyada keng ko'lamli xizmatlarni taqdim etadi.

 

Bog'lanish uchun telefon: + (998 71) 200-04-03

Ko‘rishlar: 73

https://anatomica.uz/uz/articl...

Instagram sahifamizni kuzatib boring

@anatomica_uz