Yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzish kerak emasligini anglatuvchi 15 sabab

U yoki bu genetik kasallikning namoyon bo‘lish ehtimoli jinsga bog‘liq holda nasldan naslga o‘tishi – jinsiy xromosomalarda bo‘lgan qandaydir genni meros
qilib olish kabi qator omillarga bog‘liq. Shunga qarab, bunday bolalar birinchi, ikkinchi yoki uchinchi avlodda tug‘ilishi mumkin. Qarindoshlik qanchalik yaqin bo‘lsa, bolalarning patologiya bilan tug‘ilish foizi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Qarindoshlar nikohi oqibatida dunyoga kelgan avloddagi og‘ir genetik kasalliklarning oldini olishga hech kimning kuchi yetmaydi.

Daun sindromi

Aqliy zaiflik, jismoniy rivojlanishning kechikishi, yurakning tug‘ma nuqsonlarini keltirib chiqaruvchi genetik kasallik.

Shereshevskiy-Tyorner kasalligi

Faqat qizlarda uchraydi. Jinsiy balog‘atning kechikishi, bo‘yning pasayishi kuzatiladi. Aqliy rivojlanishda ortda qolishning yengil ko‘rinishi. Asosiy
belgisi – bepushtlik.

Kleynfelter kasalligi

Faqat o‘g‘il bolalarda uchraydi. Baland bo‘y (190 sm va undan yuqori), aqliy rivojlanishdan ortda qolish, bo‘yga nomutanosib uzun qo‘llar bo‘lishi kuzatiladi. Asosiy belgisi – bepushtlik.

Dyushenn miodistrofiyasi

Birinchi belgilari 4-5 yoshda va faqat o‘g‘il bolalarda paydo bo‘ladi. Mushaklar yillar davomida biriktiruvchi to‘qimaga almashadi, bemor butunlay harakatlana olmay, hayotining ko‘proq ikkinchi o‘n yilligida nobud bo‘ladi.

Mukovissidoz

Bemorning nafas olish tizimi va oshqozon-ichak trakti zararlanadi.

Gemofiliya

Qon ivishining buzilishi. Har qanday kesilishda uzoq muddatli qon ketishi kuzatiladi, bu esa inson uchun o‘lim bilan tugashi mumkin.

Yoxanson – Blizzard sindromi

Oshqozonosti bezining ekzokrin pankreatit yetishmovchiligi bilan birga kechuvchi
kasallik. Hayotning ilk kunlaridan jismoniy rivojlanishdan kechikish kuzatiladi.

Tug‘ma gipoterioz

Qalqonsimon bez gormoni yetishmovchiligi yoki umuman yo‘qligi. Bu aqliy va jismoniy rivojlanishdan kechikishga olib keladi.

Axondroplaziya

Pakanalikning oyoq-qo‘llar rivojlanishidagi nomutanosiblik bilan birga kechishi.

O‘roqsimon hujayrali anemiya

Bolada anemiya rivojlanadi, bosh va skelet suyaklari deformasiyalanadi.

Fenilketonuriya 

Bolaning aqliy rivojlanishi kechikadi, sariq kasal va kataraktaga chalinadi. Kech aniqlanganda, jarayonni ortga qaytarib bo‘lmaydi.

Galaktozemiya 

Galaktoza almashinuvi buziladi, jigar, ko‘zgavhari, asab tizimi kabi a’zolar shikastlanadi

Talassemiya

Gemoglabin ishlab chiqarilishi jarayoni buziladigan irsiy kasallik.

BSF

Insonning harakatlanish, muvozanat va gavdani tutib turish kabi faoliyatiga ta’sir qiluvchi o‘zgarishlar kompleksi.

Quyon lab

Tanglayning o‘rta qismida uzilish yoki tepa labdagi yoriq.

Ekspert: Vasila Alimova – Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (RBIMM) direktori, shifokor-nevrolog

Sur’at manbai: «Game of Thrones» seriali

 1,023 

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии