Trixiaz va kipriklar laminasiyasi. Estetikami yoki zaruriyat?

El’nara Ismailova

O‘zbekistonda tabiiy kipriklar parvarishi bo‘yicha sertifikatga ega mutaxassis

VELVET L&B brendining O‘zbekistondagi  rasmiy vakili, top-ekspert.

Bilasizmi, kipriklar laminasiyasi muolajasi nafaqat kipriklarni estetik o‘zgartirish, balki tibbiy patologiyani bartaraf etish uchun ham o‘tkaziladi.⠀

Kipriklarni laminasiya qilish uchun tibbiy tavsiyalar mavjud.

Ulardan biri trixiaz bo‘lib, kiprikning ko‘z soqqasi tomon g‘ayritabiiy o‘sishi bilan kechuvchi kasallikdir.

Kipriklarning noto‘g‘ri joylashuvi ko‘rish a’zosini muttasil bezovta qiladi. Bu esa yallig‘lanishga, ko‘z shoxpardasining jarohatlanishiga sabab bo‘ladi.

Muammoning ikki xil yechimi bor:

  1. Oftal’mologga murojaat qilish: trixiaz jarrohlik yo‘li bilan davolanadi. Kipriklar epilyasiya yordamida olinadi yoki kiprik ildizi lazer bilan yo‘q qilinadi.
  2. Kipriklarni laminasiya qilish. Trixiazda kiprikni qayirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatma sanaladi

Mazkur muolaja kipriklar yo‘nalishini to‘g‘rilaydi. Shuningdek, u umuman og‘riq bermaydi. Muolaja ta’siri ikki oy va undan ortiq muddat davom etadi. Barchasi organizmdagi modda almashinuviga bog‘liq. Kiprik qatori almashganda, muolaja ta’sirini saqlab turish uchun uni takrorlash kerak.

Mutaxassisning barcha tavsiyalariga rioya qilish lozim:

1) muolajani muntazam o‘tkazish – 1,5–2 oyda bir marta;

2) kipriklar uchun kondisionerdan foydalanish – ular egiluvchan va mayin bo‘lib qoladi;

3) har gal yuvingandan keyin kipriklarni maxsus taroq yordamida tarash.

 

Агар ўзингизда шундай муаммони сезсангиз, киприк қайириш энг маъқул ечим бўлиши мумкин.

Бундай муаммода эркак киши ҳам мутахассисга мурожаат қилса бўлади. Аммо унинг муолажаси аёллардаги ламинациядан бироз фарқ қилади. Киприклар аёлларникидан кўра камроқ қайирилади. Бўяш босқичи ўтказиб юборилади ёки бўёқ ранги юз тусига мосланади.

Малакали мутахассис танлаш жуда муҳим.

Трихиазга чалинган одамлар учун киприкларни ламинация қилиш уларни олиб ташлашдан кўра яхши чорадир.

Афсуски, бугунги кунда офтальмологлар беморларни мазкур муаммони оғриқсиз коррекция қилиш муолажасига йўналтирмайди.

Умид қиламанки, мақолада айтганларим ушбу патологияни бартараф этишда наф беради.

 1,507 

0
    0
    Ваша корзина | Sizning savatingiz
    Ваша корзина пуста | Savatingiz bo'shВернуться к покупке | Sotib olishga qaytish