Tibbiy sug‘urt «Yashashni istayman!» deng

0

Har bir inson sog‘lig‘i va yashash sifatiga daxldor masalalarga qiziqadi. Ammo hayotda nima bo‘lishini oldindan bilish imkonsiz va istalgan damda kutilmagan vaziyat ro‘y berishi mumkin. Shifokor-eksperti Runiza Dusaeva bilan tibbiy sug‘urta polisini xarid qilishning amaliy tomoni va uning ishlash qoidalari haqida suhbatlashdik.

Sug‘urta kompaniyasi shifokori nima bilan shug‘ullanadi?

Kasallik vaqt tanlamaydi, u kutilmaganda keladi. Shuning uchun MQM tunu kun dam olishsiz ishlaydi. Vazifamiz insonni tinchlantirish, unga maslahat berish va zarur holatda tibbiy yordam chaqirib, uni klinikaga yuborishdan iborat.

Toshkent shahrida 10 dan ortiq tez tibbiy yordam podstansiyasi ishlaydi. Biz ularning hammasi bilan hamkorlik qilamiz, kompaniya bazasida ham ko‘p sonli tibbiyot muassasalari mavjud – ular 500 dan ortiq. Barcha moliyaviy va tashkiliy masalalar bevosita sug‘urta kompaniyasi hamda tibbiy muassasa o‘rtasida hal etiladi. Klinikalar sug‘urta kompaniyasi hisob varag‘ini taqdim etadi, mijozdan esa shifokorning barcha tavsiyalariga rioya etish talab qilinadi.

Tibbiy polis qanday ishlaydi?

Yaqinda bir voqea sodir bo‘ldi: mijozimiz bizga qornidagi og‘riqdan shikoyat qildi. U og‘riq belgilarini so‘zlab berganidan keyin vaziyat jiddiyligini tushundik va uni zudlik bilan shifoxonada yubordik. Natijada unda shoshilinch jarrohlik amaliyoti – appendektomiya o‘tkazildi. Agar mijoz murojaatiga darhol e’tibor bermaganimizda va shoshilinch choralarni ko‘rmaganimizda, oqibati yaxshi bo‘lmasdi.

Sug‘urta hodisasi ro‘y berganda, mijozimiz 1166 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishi va shifokor-ekspert bilan bog‘lanishi kerak. Shifokor mijoz shikoyatlariga qarab, uni yuzma-yuz maslahatlashish va tashxislash uchun klinikaga yuboradi. Kompaniyamiz shifokorlari barcha ko‘rsatmalarni sinchiklab tekshiradi, mijozlarimiz ularga hech qachon keraksiz tahlil yoki dorilar tavsiya etilmasligiga ishonch hosil qilishi mumkin.

Polis 1 yil muddatga beriladi. Qulay tomoni shundaki, bir marta pul to‘lab, tibbiy xizmatlar uchun boshqa mablag‘ sarflamaysiz. Siz jiddiy kasal bo‘lib qolsam, to‘laqonli sifatli tibbiy xizmat olish uchun mablag‘im qolmasa-chi, deya tashvishlanmasangiz ham bo‘ladi.

Korporativ sug‘urta

Tibbiy sug‘urta tobora ommalashib boryapti. Ilg‘or davlatlar tajribasiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni majburiy tibbiy sug‘urtaga o‘tishsiz tasavvur qilish qiyin. Chunki sug‘urta xarajatlarni kamaytirish va ularga oldindan tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.

Bu ish beruvchiga qanchaga tushadi? Polis narxi mijoz tanlaydigan opsiyalar ro‘yxatiga bog‘liq: davr, sug‘urtani qoplash summasi, tibbiy xizmat turlari kabi.

Vazifamiz nafaqat maslahat yoki tavsiya berish, balki, birinchi navbatda, insonni tinchlantirish, murakkab vaziyatda unga yolg‘iz emasligini tushuntirishdan iborat

 1,613 

0
    0
    Ваша корзина | Sizning savatingiz
    Ваша корзина пуста | Savatingiz bo'shВернуться к покупке | Sotib olishga qaytish