Tashqi ko‘rinishni o‘zgartirish istagi zamirida qanday maqsad yashirin

Nima uchun plastik jarrohlik ba’zi vaziyatlarda muammoning yagona yechimi bo‘ladi? Ahror Shermatov kasbining nozik jihatlari va bemorlar ruhiyati haqida so‘zlaydi.

foto:

Ahror Shermatov

plastik jarroh

Estimed klinikasi

Bulling tashqi ko‘rinishni o‘zgartirish istagiga olib kelishi mumkinmi?

Albatta, bu insonning ruhiy holatiga ta’sir qiladi. Ayniqsa, u oilasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasa. Bu o‘ziga ishonchsizlikni paydo qiladi va natijada achinarli oqibatlarga olib kelishi ehtimoli katta. Plastik jarrohlik ushbu ishonchsizlikni yengib o‘tish yo‘llaridan biriga aylanishi mumkin.

 

Tashqi ko‘rinishni o‘zgartirishga intilish ruhiy muammo belgisimi?

Inson yaxshirog‘iga intiladi. Masalan, yaxshiroq avtomobil’ yoki qimmatroq telefon sotib olishni istaydi. Agar bunga imkoni yetmasa, bu ham ma’lum ma’noda ruhiy muammoga aylanishi mumkin.

Agar inson tashqi ko‘rinishidagi nuqsonlarni to‘g‘rilatganidan keyin o‘ziga ishonchi ortsa va qulaylik his etsa, muammo munosib yechim topgan bo‘ladi.

 

Liposaksiya yalqovlar uchunmi?

Operatsiya qildirgani keladigan mijozlarning 70 foizi muntazam sport bilan shug‘ullanuvchi insonlardir.

Gap shundaki, liposaksiya alohida sohalardagi nuqsonlarni to‘g‘rilatishga yordam beradi. Masalan, bemor vazn oshirayotgan paytda qorin sohasini xushbichim qiladi.

Mijozlarning qolgan 30 foizi turli sabablarga ko‘ra sport bilan ahyon-ahyonda shug‘ullanadigan yoki unga umuman vaqt ajratmaydigan odamlardir. Bunday vaziyatlarda men ularga operatsiyaga murojaat qildimi, hayot tarzini ham o‘zgartirishga tayyor turishi kerakligini tushuntiraman. Bunga tayyor bo‘lmasa, jarrohlik amaliyotidan foyda yo‘q. Sport bilan liposaksiya o‘zaro bog‘liq, lekin bir-birining o‘rnini bosa olmaydi.

 

 1,598