Poytaxtimizdagi EKUga tayyorlaydigan va YoRTning to‘liq davriyligini o‘tkazadigan klinikalar ro‘yxatini tuzdik. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdim etgan ushbu ma’lumotlar siz uchun tanlash imkoniyatini osonlashtiradi, degan umiddamiz.
Mediofarm EKU
oila reproduktiv salomatligi markazi
Bu yerda 40 dan ortiq xodim ishlaydi, ulardan 20 nafari ginekolog, urolog, reproduktolog, androlog, endokrinolog, terapevt, kardiolog, ul’tratovush diagnostikasi va dopplerometriya, gistologiya va immunogistokimyo bo‘yicha laboratoriya mutaxassislaridir. Oktyabrda EKU protokolining to‘liq siklini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi, 18 B
+998 95 143 14 04
+998 71 286 14 04
+998 71 247 84 46
Instagram: mediofarm.uz
Feysbuk: «Mediofarm» xususiy klinikasi
«Doktor D» reproduktiv markazi
Ko‘p tarmoqli gospital
Klinika mutaxassislari bepushtlikni tashxislash va davolash sohasida ilg‘or texnologiyalarga ega va O‘zbekiston fuqarolari hamda chet ellik bemorlarga xizmat ko‘rsatadi. Muassasada 15 dan ortiq ixtisoslikdagi shifokorlar qabul qiladi. UTT xonasi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Usta Olim ko‘chasi, 15
+998 78 113 00 57
doctord.uz
Consultative Medical Group
O‘zbek-Isroil tibbiyot markazi
Markaz «Doktor D» gospitali hududida joylashgan
Asosiy afzalligi – zamonaviy laboratoriya va embriologiya bo‘limi: embrionlarning yetilishi uchun eng qulay sharoitlarga ega inkubatorlar, lazerli xetching uskunasi, kriokonservasiya uchun maxsus tizimlar mavjud. Mazkur texnologiyalar EKU samaradorligining salmoqli qismini ta’minlaydi.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Usta Olim ko‘chasi, 15
+998 71 200 50 00
sayt: https://www.uzivf.uz/
instagram @uzivf.uz
ANKALIFE
ayollar salomatligi va ekstrakorporal urug‘lantirish markazi
Turkiya va Germaniyadan keltirilgan zamonaviy EKU laboratoriyasi va yangi asbob-uskunalar bilan jihozlangan markaz reproduktologiya va embriologiya sohasidagi professionallarni yiqqan. Markaz asoschisi – tibbiyot fanlari doktori, dosent, akusher-ginekolog, reproduktolog Jixangir Chakiji. 1997 yili u Anqara, 2015 yili Bishkek va 2019 yilda Toshkentda Ayollar salomatligi va EKU klinikalarini ochgan.
Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Beshyog‘och ko‘chasi, 42 A
Mo‘ljal: «Qoratosh» mediaparki
+998 95 514 22 11
+998 95 514 11 22
Laylon
ayollar salomatligi markazi
Markaz mutaxassislari 20 yildan buyon bepushtlikni muvaffaqiyatli davolaydi va 10 yil davomida transport sxemasi bo‘yicha juftliklarni EKU dasturiga tayyorlaydi. Afzalligi: homiladorlikka tayyorgarlik chog‘ida bemorlar aksariyat vaqtini markaz shifokori nazorati o‘z shahrida ostida o‘tkazadi.
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, A.Donish ko‘chasi, 4 D
+998 71 224 04 11
+998 71 221 68 48
https://www.facebook.com/wwcuzb/
Doktor Shahnoza Fayz
erkak va ayollar bepushtligini davolash bo‘yicha ixtisoslashgan klinikasi
Klinika mutaxassislari tibbiyotning zamonaviy usullari va texnologiyalaridan foydalangan holda tashxis qo‘yadi va bepushtlikni davolash kursini o‘tkazadi. Klinika Rossiya, Germaniya, Bel’giya klinikalarining rasmiy hamkori sanaladi. Klinikada o‘tkazilgan muolajalar tufayli ikki mingdan ortiq oila farzand ko‘rgan.
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroĭ tumani, Bog‘saroĭ ko‘chasi, 4 B
+998 71 215 58 85
+998 97 752 50 00
+998 93 544 50 00
Telegram: https://t.me/doctor_shahnoza_fayz
Facebook: «Doktor Shahnoza Fayz» klinikasi yoki @klinikadoctorshahnozafayz
Instagram: @shahnozafayz.uz
Sayt: http://doctorshahnoza.uz/clinic/
Ayol care
ayollar salomatligi markazi
Klinikada ginekologiya, reproduktologiya va embriologiya sohasidagi mutaxassislar nafaqat maslahat beradi, balki sun’iy inseminasiya o‘tkazadi va EKU muolajasiga tayyorlaydi. Markazda bemor homiladorlikni qulay o‘tkazishi uchun eng maqbul turdagi tekshiruvlar va muolajalardan iborat dastur ishlab chiqilgan.
Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 15. Mo‘ljal: «Ashxobod» bog‘i ro‘parasida
+998 78 150 79 97
@ayol.care
2,058