Poytaxtda Tashkent International Marathon – World Athletics Label va SHXT yarim marafoni, shuningdek, “Navro‘z” IV anʼnaviy xalqaro marafoni bo‘lib o‘tdi

0

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi, Toshkent shahar hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi, Prorun maktabi tomonidan tashkil etildi.

SHXT yarim marafoni mamlakatimizda ilk bor o‘tkazildi. U “A” toifasida xalqaro tizim sertifikatiga ega. Bu SHXT yarim marafonida ishtirok etayotgan professional sportchilar ishtiroki, marafon trassasining o‘zi, uni bosib o‘tish jarayoni va natijalari xalqaro ekspertlar tomonidan baholanadi deganidir. Ushbu obro‘li turnir Xalqaro yengil atletika federatsiyasi va AIMS tashkilotlarining texnik ekspertlari Ilya Mixaylovskiy va Adrianus Stivenslar tomonidan baholandi.

Yugurish musobaqasida 21 davlatdan 2 500 dan ortiq odam ishtirok etdi. G‘oliblar uchun umumiy sovrin jamg‘armasi 138 mln so‘mni tashkil etdi.

Turnir to‘rtinchi marta nafaqat bizning vatandoshlarimiz, balki xalqaro mutaxassislarning eʼtirofiga sazovor bo‘lmoqda. Bu haqda sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikromov va MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov ochilish marosimidagi ishtiroki davomida alohida taʼkidlab o‘tishdi.

Ushbu yugurish musobaqasi Toshkentda ilk bor o‘tkazilmoqda. Davlat rahbarlarining bo‘lajak sammiti munosabati bilan bir qator tadbirlar boshlandi. U 2022-yil sentyabr oyida O‘zbekiston raisligida o‘tkaziladi.

Reglamentga ko‘ra, musobaqalar doirasida 3 km, 10 km, 21 km masofalarga yugurish mashqlari, shuningdek, marafon masofasida (42 km) estafeta yugurishni o‘z ichiga olgan ekiden musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Joriy yil marafon g‘oliblari va sovrindorlari uchun sovrin jamg‘armasidan 30, 20 va 10 million so‘m ajratib berildi. Bundan tashqari, boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha sovrindorlar ham mukofotlandi.

G‘oliblar uchun umumiy sovrin jamg‘armasi 138 mln so‘mni tashkil etdi: 126 mln — yarim marafon uchunva 12 mln — 3 km masofa uchun.

27-mart kuni Toshkent shahrida nogironligi bor insonlarni sport bilan shug‘ullanishga jalb etish va salomatligini mustahkamlash maqsadida Adliya vazirligi O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi bilan birgalikda «Biz birgamiz!» ijtimoiy loyihasi doirasida Cheksiz imkoniyatlar marafonini tashkil etildi

Marafonda 100 ga yaqin nogironligi bor insonlar ishtirok etdi

Bu O‘zbekistonda nogironligi bor insonlar uchun maxsus nominatsiyalar bilan birga tashkil etilgan o‘ziga xos birinchi marafondir.

Marafon ishtirokchilari uch toifada bellashishdi – eshitish qobiliyatida muammosi bor, ko‘zi ojiz va ko‘rish qobiliyati past, harakati cheklangan va nogironlikning boshqa ko‘rinishlariga ega shaxslar. Har bir toifada uch nafar g‘olib aniqlandi, shuningdek, «Eng yosh ishtirokchi», «Eng yoshi katta ishtirokchi» nominatsiyalari vakillari mukofotlandi.

Chegarasiz imkoniyatlar marafoni SHXT yarim marafoni va “Navro‘z” Toshkent marafoni bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Agar ushbu marafon ishtirokchilari o‘rtacha 50-150 so‘m atrofida to‘lov kiritgan bo‘lsa, nogironligi bor insonlar ishtirok etish uchun bepul slotlarga ega bo‘ldilar.

 

 

 

100 nafardan ortiq ishtirokchilar professional sportchilar bo‘ldi, qolganlari esa havaskorlar va sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari. Taʼkidlash joiz, marafon sudyaligi uchun butun respublikadan 80 nafar eng tajribali ekspertlar jalb etildi. Sudyalarga butun marafon davomida 230 nafar ko‘ngilli yordam berdi.

Joriy yilda marafonga faxriy mehmon sifatida Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov tashrif buyurdi. Tadbirda shuningdek, sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Mahmudov, MOQ boshlig‘i o‘rinbosarlari Ravshan Irmatov, Azizjon Komilov, Shezrod Toshmatov, Milliy Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Muxtorxon Toshxo‘jayev, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi rahbariyati, minglab sportchilarimiz ishtirok etdi. Musobaqalarda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Pokiston sportchilari qatnashdi. Marafon starti va finishi sifatida anʼanaviy ravishda «Xumo arena» muz saroyi oldidagi Beshyog‘och maydoni belgilandi.

Bundan tashqari, barcha ishtirokchilar tadbir uchun maxsus tayyorlangan esdalik medallari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, «Biz birgamiz!» aksiyasi doirasida nogironligi bor insonlar tomonidan tayyorlangan buyumlar xayriya yarmarkasi tashkil etildi. U yerda turli suvenirlar va boshqa xendmeyd buyumlar namoyish qilindi. Xayriya yarmarkasi «Biz birgamiz!» ijtimoiy loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan birinchi xayriya aksiyasidir.

0
    0
    Ваша корзина | Sizning savatingiz
    Ваша корзина пуста | Savatingiz bo'shВернуться к покупке | Sotib olishga qaytish