Ortiqcha vazn va bepushtlik

0

«Semizlik homilador boʼlish layoqatiga taʼsir qiladi va bepushtlikka olib keladi” degan gap rostmi? Chin boʼlsa, xavf guruhida kimlar bor? Shifokor-dietolog Аntoniy Malьkov shu kabi savollarga javob beradi.

Vazn bilan bogʼliq muammoni qanday bilish mumkin?
Tana ogʼirligi indeksini hisoblash uchun boʼy uzunligini kvadratga koʼtarib, vaznni hosil boʼlgan songa boʼlish kerak. Meʼyoriy indeks 18,5 dan 25 gacha boʼladi. 25 dan 30 gacha koʼrsatkich semizlik oldi holati yoki tananing ortiqcha vaznidan dalolat.

Semirish darajasi qancha yuqori boʼlsa, xavf shuncha koʼp boʼladimi?
Semizlik turli mexanizmlar orqali ayolning reproduktiv salomatligiga taʼsir qiladi. Аyni damda bu mexanizmlar yaxshi oʼrganilgan va ularning taʼsirini inkor qilib boʼlmaydi.

Semizlik endokrin tizimda oʼzgarishlar bilan kechadi. Tuxumdonlar faoliyati buziladi. Natijada follikulalarning yetilishi va ovulyatsiyasiga xalal beradi. Masalan, anovulyator bepushtlikning sabablaridan biri tuxumdonlarning polikistozi boʼlib, 50 foiz holatda semizlik tufayli kelib chiqadi. Shuningdek, endometriy funktsiyasi yomonlashadi. Bu esa, oʼz navbatida, homilaning meʼyoriy implantatsiyasiga toʼsqinlik qiladi.

Bularning hammasi homiladorlik va tugʼruqqa qanday taʼsir etadi?
Semizlik ona va bolada asoratlar xavfini kuchaytiradi. Ortiqcha vaznli onalardan tugʼilgan chaqaloqlarda bosh jarohati, yelka bogʼlamining zararlanishi, nafas yetishmovchiligi kabi neonatal asoratlar koʼp kuzatiladi.

Erkaklar semizligi ularning reproduktiv faoliyatiga qanday taʼsir qiladi?
Erkaklarda yogʼ toʼqimasining ortishi hisobiga aromataza fermentining faolligi kuchayadi. Shu sabab testosteron estrogenga aylanadi. Ushbu jarayonda spermatogenez yomonlashadi –testosteron miqdori kamayib, urugʼ sifati pasayadi. Bu esa, oʼz navbatida, bepushtlikka olib keladi.
Nima qilish kerak?
Аgar bepushtlik semizlik tufayli kechsa, eng asosiy vazifalardan biri ozishdir. Semizlikning darajasiga qarab, yuqori jismoniy faollik bilan birga parhez saqlash lozim. Haddan tashqari semizlikda bariatrik jarrohlik tavsiya etiladi. Tana vaznini tahminan 7 foizga kamaytirish homiladorlik imkoniyatini oshiradi.

 1,492 

0
    0
    Ваша корзина | Sizning savatingiz
    Ваша корзина пуста | Savatingiz bo'shВернуться к покупке | Sotib olishga qaytish