Odamlarga yordam berish qonimizda bor

Birinchi band: otam doim haq.

Ikkinchi band: agar haq bo‘lmasa, birinchi bandga qaralsin. Shermatovlarning batafsil hikoyasi.

Abrorjon Shermatov, Estimed klinikasi asoschisi va rahbari, plastik jarroh, oliy toifali shifokor

«Yaqin qarindoshlik» ishingizda xalal bermaydimi?

O‘g‘ling bilan ishlash xuddi shaxsiy bog‘ingni parvarish qilishday gap: sen daraxt ko‘kartirasan va mevasidan bahramand bo‘lasan. Shogirdlar bilan qiyin kechadi. Ta’lim jarayonida ular ba’zi vaziyatlarni noto‘g‘ri qabul qilishi, xafa bo‘lishi, ketib qolishi mumkin. O‘g‘ling bilan esa ochiqchasiga muomala qilasan, kamchiliklarini bemalol aytasan va qattiq turasan. Buni ishimiz talab qiladi.

Qanday vaziyatlarda fikringiz bir joydan chiqmaydi?

Fikrlarimiz ko‘pincha mos keladi. Yaqinda bir voqea bo‘ldi: Ahror bir bemorni olib kelib, operatsiya qilish kerakmasligini aytdi. Men ham ko‘rikdan o‘tkazib, uning fikrini tasdiqladim. Operatsiya qildirganda, bemor adashgan bo‘lardi.

Tashqi qiyofasini o‘zgartirmoqchi bo‘lganlarga munosabatingiz?

Agar istagi haqiqatga yaqin bo‘lib, chindan ham muammosi bo‘lsa, munosabatim ijobiy.

Plastik jarrohlik – bemor xohishini ko‘r-ko‘rona qilish degani emas va bunda pul birinchi o‘rinda turmaydi

 

Qanday qilib umumiy xulosaga kelasiz?

Men tanlov huquqini oqlayman va cheklovlarga qarshiman. Pirsing va tatuirovka urfga kirganda, bolalarimga: “25 yoshga to‘lib, aqlingiz kirganda ruxsat beraman”, deganman. Vaqt o‘tib ularning o‘zi buning keraksiz ekanini anglab yetgan. Boshqa vaziyatlarda ham xuddi shunday.

Ahror Shermatov, Estimed klinikasi plastik jarrohi

«Yaqin qarindoshlik» kasbiy faoliyatingizda xalal bermaydimi?

Ishda otam, eng avvalo, hamkasbim va ustozim. Shuning uchun xalal bermaydi.

Vrezka sina: Bilaman, men haqida uning ishini otasi qilib beradi, deyishadi. Biroq 30 yildan ko‘p mehnat tajribasiga ega inson bilan taqqoslashlari menga yoqadi.

Tashqi ko‘rinishini o‘zgartirmoqchi bo‘lganlarga munosabatingiz?

Agar operatsiya hayot sifatini yaxshilashga va insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishga imkon bersa, albatta, ijobiy qarayman. Bizda plastik jarrohlik salbiy qabul qilinadi. Jamiyat nazarida «o‘zgargan» bo‘lib ko‘ringandan baxtli bo‘lish afzal.

Nima uchun odamlar plastik operatsiya qildiradi?

Chunki ular shuni xohlashadi va bu istak tashqi ko‘rinish bilan bog‘liq. Bu intilish baxtsiz hodisadan keyingi nuqson yoki standartlar ortidan quvish bilan bog‘liq.

Qanday vaziyatlarda fikringiz bir joydan chiqmaydi?

Deyarli barcha vaziyatda. Biz u yoki bu taklif tanqiddan o‘tadimi-yo‘qmi, deb tekshirishga odatlanganmiz. Mabodo fikrimiz bir joydan chiqmasa, Abror Xolmurodovich doim haq bo‘ladi.

 

Matn: Samira Narzullaeva

 1,188