Markaziy Osiyoda gen dermatozlarini davolash bo’yicha birinchi bo’limning ochilishi

0

10-oktyabr kuni Kapalak bolalar NNT va ularning vasiyligida bo’lganlar shuningdek O’zbekiston tibbiyot hamjamiyati uchun muhim va uzoq kutilgan tadbir – Markaziy Osiyoda gen dermatozlarini davolash bo’yicha birinchi bo’lim ochilishi bo’lib o’tdi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi vakillari, Rossiyaning “San’at, fan va sport” jamg’armasi rahbari Fatima Rafikovna Muhomedjan, shuningdek Rossiyaning «Дети-бабочки» jamg’armasi rahbari Alena Kuratova, Rossiya «Дети-бабочки» jamg’armasi vasiysi, Rossiya federatsiyasi xalq artisti Kseniya Rappoport ishtirok etdi.

O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi RIDVva KIATMga (Respublika Ixtisoslashgan dermatovenerologiya va Kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi) qoshidagi genodermatozlar bo’limi irsiy teri kasalliklari, xususan, bullyozli epidermoliz va ixtiozni tashxislash va davolash uchun mo’ljallangan.

Ayni paytda O’zbekistonda bullyozli epidermoliz kasalligining 300 dan ortiq holati qayd etilgan. Kasallik terida bo’lgan yaralar bilan ajralib turadi, yaralarni doimo maxsus bog’lov vasitalari bilan qoplash va qayta zararlanishdan himoyalash kerak. Bullyozli epidermolizga ega insonlarni “kapalaklar” deb atashadi, chunki ularning nozik terisi kapalak qanoti bilan taqqoslanadi. Ixtioz bilan kasallanganlar ancha ko’proq – ular 1900 nafardan ortiq. Ixtiozga ega bemorlarning terisi namlikni saqlab turolmaydi va doim maxsus vositalar yordamiga muhtoj. Terining tashqi ko’rinishi baliq tangachalariga o’xshagani tufayli, bemorlarni “baliqchalar” deb atashadi.

“O’zbekiston va butun Markaziy Osiyodagi “kapalaklar” va “baliqchalar”da Toshkent shahrida barcha tibbiy xizmatlarni olish uchun noyob imkoniyat paydo bo’ldi. Bo’lim O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi qoshidagi respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy markazi negizida tashkil etilgan. Bunday keng ko’lamli loyiha (RF) “San’at, fan va sport” jamg’armasi va «Дети-бабочки» jamg’armasi yordami shuningdek qo’llab-quvvatlashi tufayli amalga oshirildi. Kapalak bolalar NNT vasiyligida bo’lganlarda bo’limda yiliga 2 marta kompleks tashxis qo’yib simptomatik davolanish imkoni bor”, – deb Kapalak bolalar NNT direktori Gulnoza Gafurova aytib berdilar.

 

Mutaxassislarning fikriga ko’ra, kelgusi bir necha yil ichida “kapalaklar” va “baliqchalar” soni ortadi va albatta, bunday kasallikga ega insonlar professional tibbiy yordam olishlari kerak. Davolash uchun dori-darmonlar hali mavjud emas, lekin teriga to’g’ri va malakali parvarish qilish yo’li bilan hayot sifatini yaxshilash mumkin. 2020-yilgacha O’zbekistonda noyob genetik dermatozlarni davolashni amalga oshiriladigan ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasi yo’q edi. Ushbu bemorlarning maslahati butun mamlakat bo’ylab mahalliy TTDda yoki maxsus patronaj paytida uyda o’tkazilar edi. Kasallikning jiddiy holatlarida bemorlar chet elda davolanish va jarrohlik amaliyotini amalga oshirish uchun jo’natilar edi.   

Rossiyaning “Дети-бабочки” jamg’armasi ko’magida, bizning shifokorlar doimo o’z bilimlarini oshirishadi: onlayn ta’lim, master-klasslarda ishtirok etib, noyob genetik kasalliklarga ixtisoslashgan Yevropa va Rossiya yetakchi klinikalarida ta’lim va amaliyot dasturlarida ishtiroq etishadi. Agar bizning vasiyligimizda bo’lganlar tor mutaxassislar, masalan, jarrohlar, onkologlar va tish shifokorlarining yordamiga muhtoj bo’lishsa, ular bu yerda yordamni olishlari mumkin. Buning uchun NNT mamlakatning yetakchi tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik qiladi. Ularning mutaxassislari maxsus tibbiy tayyorgarlikdan o’tishgan va bunday noyob kasalliklarga chalingan insonlarga sifatli yordam berishni biladilar. – deb, tibbiyot fanlari doktori, professor Akram Rahmatov fikr bildirdilar.

 

Yangi bo’lim kasalxonaga o’xshamaydi. Yorqin ranglar ko’zni quvontiradi, bolalar va kattalarga yoqadi. Bo’lim 24 ta o’ringa, ya’ni bemor bilan birga joylashadigan shaxs uchun ham mo’ljallangan. Zamonaviy maxsus uskunalar bilan jihozlangan — bu suv va nur bilan davolash usullari uchun qo’llaniladigan uskunalardir. Fizioterapevtik muolajalar va multidisiplinar diagnostika uchun kabinet ham tashkil etilgan.

Yaqinda davolash muassasasi nafaqat O’zbekiston fuqarolari uchun o’z eshiklarini ochibgina qolmay u yerda Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridan kelgan aholi ham tibbiy yordam olishlari mumkin bo’ladi.

           

Ma’lumot uchun:

Bullyozli epidermoliz – terining noyob (orfan) genetik kasalligi. Bugungi kunda NNTning g’amxo’rligi ostida 300 nafardan ortiq “kapalaklar” mavjud – bullyozli epidermolizga chalingan bolalar va kattalarni “kapalak” deb atashadi, chunki ularning terisi kapalak qanotlari kabi nozik va yupqadir. Kasallikning davosi mavjud emas, odatiy davolash uchun dori-darmonlar yo’q. Ushbu tashxis qo’yilgan insonlarga multidisiplinar kuzatuv kerak va har kuni maxsus qimmatbaho bog’lov vositalari va malhamlar yordamida terini yaxshi parvarish qilish lozim. Klinik ma’lumotlar va genetik tekshiruv ma’lumotlariga asoslanib, kasallikning oddiy, chegaraga ega, distrofik shakli va Kindler sindromiga ajratishadi. Har bir tur bemor terisining ahvoli qanchalik og’ir ekanligini aniqlaydigan turkum osti turlariga ham bo’linadi.

 

Ixtioz – bu teri qatlamlarining kasalligi. Kasallik bola tug’ilganda, ba’zan uning hayotining birinchi oylarida namoyon bo’ladi. Kasallikning sababi teri hujayralarining ishlashini buzilishiga olib keladigan genlarning mutatsiyasidir. Teri qurib, po’st tashlaydi, qalinlasha boshlaydi va qattiq tangachalar bilan qoplanadi. Bunday insonlarni “baliqchalar” deb atashadi. Hozirgi vaqtda NNTning g’amxo’rligi ostida mamlakatimizning turli burchaklarida yashovchi 1900 nafardan ko’proq “baliqcha” mavjud. Turli xil hisob-kitoblarga ko’ra ixtioz 28 tadan 40 tagacha tur va sindromlarga ega. Ixtiozning ko’p uchraydigan uch turi mavjud: vulgar, X-bog’langan va lamellar.

0
    0
    Ваша корзина | Sizning savatingiz
    Ваша корзина пуста | Savatingiz bo'shВернуться к покупке | Sotib olishga qaytish