Lazerli pardozlash muolajasining mohiyati nimada va u qanday natijalar beradi?

0

Lazerli pardozlash birdan ikki vazifani bajaradi: zararlangan eski to‘qimalarni yo‘qotadi va
yangilari hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi.
Pardozlash jarayonida lazer nuri teriga ta’sir qilib, eski kollagen (terining tarangligi va elastikligiga mas’ul biriktiruvchi oqsil)ni eritadi.
Uning o‘rnida yangisi paydo bo‘ladi. Shu tariqa yangi to‘qima hosil qilinadi.

Dilfuza Rasmuxamedova

shifokor-dermatolog

Muolaja bo‘yicha ko‘rsatmalar:
Postakne (yallig‘lanish yoki husnbuzardan qolgan iz)
Dog‘, sepkil
Chandiq, teri nuqsonlari (atrofik, keloid chandiqlar)
Jarrohlik amaliyoti va jarohatdan qolgan chandiqlar
Kichik ajinlar, yoshga xos o‘zgarishlar, terining shalvirashi
Kengaygan teshikchalar
Burishiqlar, kesarcha kesishdan keyingi chandiqlar

Natijalar:
Samaradorligi jihatidan muolaja jarrohlik aralashuviga teng kela oladi. Tiklanish bosqichidan so‘ng chandiq, ajin, dog‘lar yo‘qoladi. Teri taranglashib, qalinlashadi.

Muolaja tanada kollagen va elastin ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Natijada yuz sog‘lom va yosh ko‘rinadi, mayda ajinlar bilinmay qoladi.

Kollagen yashartiruvchi va jilo beruvchi ta’sirga ega. Teri qoplamalari oqaradi. Yoshga xos o‘zgarishlar korreksiya qilinadi.

Muammoning ko‘lamiga qarab, 3–7 ta seans o‘tkazish talab etiladi.

Ijobiy tomonlari:
• Teridagi ayrim nuqsonlarni bartaraf etish uchun lazerli pardozlash muammoning yagona yechimiga aylanishi mumkin. Masalan, chandiqlar va postakneda.
• Natija birinchi muolajadanoq seziladi.
• Lazer xavfsiz ta’sirga ega: nur faqat nuqsonga yo‘naltiriladi, sog‘lom to‘qimalar zararlanmaydi.
• Tiklanish davri 7–10 kun.

 1,680 

0
    0
    Ваша корзина | Sizning savatingiz
    Ваша корзина пуста | Savatingiz bo'shВернуться к покупке | Sotib olishga qaytish
    %d bloggers like this: