Кipriklar salomatligi

0

Shavkat Muxanov,

Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikrojarrohligi ilmiy-amaliy markazi, SIHAT KO’Z klinikasi

ko‘z jarrohi, birinchi toifali shifokor

Trixiaz – bu kipriklarning g‘ayritabiiy yo‘nalishda o‘sishi bilan kechadigan ko‘z kasalligidir. Trixiaz tug‘ma yoki traxoma, blefarit, kuyish yoxud kiprik ildizi zararlanishiga sabab bo‘lgan malakasiz davolanish kabilardan keyin har qanday yallig‘lanish oqibatida orttirilgan bo‘lishi mumkin. Kasallik turli yoshdagi erkak va ayollarning tepa yoki pastki qovog‘ida kuzatiladi.

Ko‘pincha kurashchilarda ko‘z jarohati tufayli paydo bo‘ladi. Bunda follikul jarohatlanadi va boshqa tarafga o‘sa boshlaydi. Shuningdek, Osiyo xalqlari ko‘rinishiga ega insonlarda ham kuzatiladi.

Atigi bir nechta kiprik quyidagi jiddiy muammolarni yuzaga keltirishi mumkin: sanchib og‘rish, ko‘zyosh oqishi, yorug‘likdan cho‘chish, begona jismni his qilish, shoxpardada yara toshishi, infeksiya tushishi oqibatida paydo bo‘ladigan o‘tkir kon’yunktivit/keratokon’yunktivit va boshqalar.

Kasallikni faqat tibbiy preparatlar yordamida davolab bo‘lmaydi. Yallig‘lanishga qarshi tomchi va malhamlar qichishish va yallig‘lanishni bartaraf etsa-da, kiprik o‘sishini to‘xtatmaydi. Shuning uchun trixiazni davolash keskinroq usullarni o‘z ichiga oladi.

Agar trixiaz zararlagan soha kichik bo‘lsa, davolash uchun diatermokoagulyasiya, elektrolizis, argon lazerli koagulyasiya, krioterapiya kabi kam invaziv usullar qo‘llanadi. Patologik kipriklar muttasil o‘saversa, tezkor jarrohlik usullari yordamga keladi. Ushbu usullarning kamchiligi – invazivlik, og‘riq berishi va yuqori narxi hisoblanadi.

Keskin usullardan tashqari, bunday bemorlarga go‘zallik sanoati ham yordam beradi.

Kipriklar laminasiyasi trixiaz muammosini vaqtincha bo‘lsa-da, samarali hal qiladi. Ushbu usul kiprik yo‘nalishini mexanik o‘zgartirish orqali shoxpardadagi noqulay og‘riq hissi va qichishish muammosini bartaraf etadi.

 

 1,711 

0
    0
    Ваша корзина | Sizning savatingiz
    Ваша корзина пуста | Savatingiz bo'shВернуться к покупке | Sotib olishga qaytish