Homiladorlikka qanday qilib ishonch hosil qilish mumkin?

Xorionik gonadotropin (XGCh) uchun qon tahlili ko‘pchilik homiladorlarga yaxshi tanish. Swiss Lab laboratoriyasi bosh direktori Natal’ya Dudkova XGCh ko‘rsatkichiga qarab homiladorlikni aniqlash, shuningdek, uning muddatini belgilash haqida tushuntirib beradi.

Natal’ya Dudkova,
Swiss Lab KDL bosh direktori,
tibbiyot fanlari nomzodi


Dorixonadagi test bilan b-XGCh testining farqi nimada?
– Birinchisi peshobga qarab «tashxis qo‘yadi». Ikkinchisi laboratoriyada o‘tkaziladi va qonga qarab ayolning holatini aniqlaydi. Garchi ikkisi ham organizmda XGCh borligini qayd qilsa-da, laboratoriya testi homiladorlik ro‘y bergan vaqtdan 6–8 kun o‘tib uni aniqlash imkonini beradi. Uyda qo‘llanadigan test esa natijani kechroq ko‘rsatadi. Buning sababi XGCh konsentratsiyasi siydikdan ko‘ra qon zardobida ertaroq bilinadi.

XGCh nima?

– Ayolning homiladorlik vaqtida sintezlanadigan o‘ziga xos gormon. U embrion bachadon devoriga yopishgan birinchi kundan boshlab to‘qqiz oy davomida ishlab chiqariladi. Gormon bir vaqtning o‘zida bolani qorinda ko‘tarib yurish uchun zarur bo‘lgan estrogen va progesteron hamda homiladorlik vaqtida «sariq tana» mavjudligini ta’minlash orqali o‘g‘il bola jinsli homilada testosteron ishlab chiqarilishi uchun javob beradi. Bu gormonning ayol qonida borligi homiladorlikning rivojlanishi yoki nuqsoniga doir muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.
Homiladorlik bo‘lmaganda ham XGCh inson gipofizi tomonidan kam miqdorda ishlab chiqariladi.
Nima uchun XGCh tahlili topshiriladi?
XGChni aniqlovchi laboratoriya tahlili jiddiy patologiyani aniqlash uchun ham o‘tkaziladi. Onkopatologiyaning ba’zi turlari, rivojlanmagan homiladorlikda gumon qilish hamda bachadondan tashqari homiladorlikni aniqlash shular jumlasidandir. XGCh tahlili amenoreya, hayz kelmaganda va homiladorlikni istisno qilish uchun majburiy o‘tkaziladi.

    Jarayon qanday o‘tadi?

Qabul qilinayotgan dori vositalari haqida shifokorni oldindan ogohlantirish kerak. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, XGChning qondagi eng yuqori konsentratsiyasi kunning birinchi yarmida kuzatiladi. Shuning uchun shifokor odatda bu tahlilni ertalabki vaqtga belgilaydi.
Tekshiruvga yuborish va natijalar tahlili har doim shifokor tomonidan amalga oshiriladi.

b-XGCh. Beta-XGCh tahlili

Homiladorlikni erta aniqlash uchun tavsiya etiladi. Bu davr me’yorida kechganda β-XGChning qon zardobidagi miqdori doim ko‘tarilib boradi va 7-haftadan 11-haftagacha bo‘lgan davrda eng yuqori ko‘rsatkichga chiqadi, undan keyin sekin-asta tushadi. Agar uning darajasi yuqori bo‘lsa, bu ko‘p homilali homiladorlik, homiladordagi ba’zi surunkali kasalliklar, homila rivojlanishidagi nuqsonlardan darak berishi mumkin. Aksincha, darajasi past bo‘lsa, bachadondan tashqari homiladorlik, homila rivojlanishining kechikishini bildiradi.

Erkin b-XGCh

Homiladorlikning birinchi uch oyida homila patologiyasini aniqlash uchun tavsiya qilinadi. Erta muddatda Daun, Patau va Edvards sindromlari xavfini aniqlash imkonini beradi. 35 yoshdan katta homiladorlar va avlodida irsiy kasalligi bor ayollarni tekshirish uchun, shuningdek, yangi paydo bo‘lgan shishlar gumon qilinganda o‘tkaziladi.

b-XGCh ga AT

Bu tahlil XGChga antitanacha borligini aniqlaydi va homiladorlikni to‘xtatish zarurligini belgilab beradi. Bunday tashxislash homiladorlikka tayyorgarlikda va homiladorlikdagi turli xavflarning oldini olish uchun tavsiya qilinadi.

 1,692 

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии