G‘alaba uchun

0

 

Yashash tartibi. Daqiqasiga 200 marta yurak urishi, mashg‘ulotda 2000 kaloriya yo‘qotish, 850 marta mushak zo‘riqishi. Nega kerak? «Ketdik!» degan buyruqni eshitish uchunmi? Sportdagi mashhur shaxs Ravshan Ermatov olimpiyachilarimiz haqida so‘zlaydi.

Ma’lumot:
Ravshan Ermatov, O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston futbol assosiasiyasining birinchi vise-prezidenti, futbol hakami va instruktor

Tokiodagi olimpiya o‘yinlariga necha nafar sportchimiz yo‘llanma oldi va mamlakatimiz vakillari sportning nechta turi bo‘yicha ishtirok etadi?
Ayni paytda O‘zbekiston vakillari 14 sport turi bo‘yicha 46 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritgan. Shundan 22 tasi paralimpiyachi sportchilarga tegishli.
Olimpiya chempionini qanday tarbiyalash mumkin? Qaysi bosqichlardan o‘tish kerak?

Bugun mamlakat rahbari tomonidan sportga katta e’tibor qaratilyapti. Sportchilar tayyorgarligi uchun sharoit yaratilyapti. Sog‘lom turmush tarzi faol targ‘ib qilinyapti. Iste’dodli yoshlarni aniqlash uchun qulay sport muhiti tashkil etilyapti. Sportchilarning tayyorgarligi uchun tizim ishlab chiqilyapti. Murabbiylar ular bilan birga ishlayapti va ko‘nikmalarini shakllantiryapti. Eng yuksak marralar ko‘zlanyapti. Ko‘p yillik mashaqqatli mehnat evaziga sport natijalari yaxshilanyapti.

Yurtimizda 306 ga yaqin bolalar va o‘smirlar sport maktabi bor. U yerda bo‘lg‘usi chempionlarimiz sportga ilk qadamini qo‘yadi. Ular turli hududiy va respublika musobaqalarida ishtirok etadi. Bu seleksiyaning birinchi bosqichi.

Eng iste’dodlilari Olimpiya zaxiralari kollejiga qabul qilinadi. Mamlakatimizda ular soni 15 ta. 7–11 yoshli bolalar yashab o‘qiydi va mashg‘ulotlarda qatnashadi.
Har bir kollejda 600 nafardan sportchi bor. Bu yerda ular o‘smirlar, yoshlar, milliy terma jamoalarga ilk qadamini qo‘yadi. Keyingi seleksiya bosqichiga – Turizm va sport vazirligining oliy sport mahorati maktabiga o‘tadi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha seleksioner murabbiylar eng yaxshi sportchilarni milliy terma jamoaga tanlab oladi. Oliy maktabdan keyin olimpiya zaxiralari sari seleksiya – olimpiada va jahon birinchiligiga da’vogar sportchilar.
Olimpiya chempionini qanday qilib tarbiyalash mumkin? Sportchining o‘zi, murabbiyi va ota-onasiga nimalar bog‘liq? Asosiy rolni kim o‘ynaydi?

Olimpiya o‘yinlarigacha yetib borish va chempion bo‘lish – mashaqqatli yo‘l. Cportchidan mehnatsevarlik, sabr, fidoyilik, matonat va butun diqqatni kasbiy o‘sishga qaratish talab qilinadi.
Men ham Olimpiya zaxiralari kollejida tahsil olganman. U yerda ertalab va kechqurun mashg‘ulotlar o‘tadi. Boshqa narsa bilan shug‘ullanishga na vaqt, na kuch, na istak qoladi. Biz shug‘ullanishimiz, ovqatlanishimiz, o‘rganishimiz, tiklanishimiz va yana shug‘ullanishimiz kerak. Tartib shunday.
Murabbiydan esa bilim, zamonaviy yondashuv va usullarni qo‘llash talab qilinadi. Har yili uslublar takomillasha boradi. Murabbiy zamonaviy yangiliklardan xabardor bo‘lishi kerak.
Ota-onalar bolasiga nisbatan ob’ektiv bo‘lishi lozim. Mashg‘ulotlar jarayoniga aralashmasligi kerak. Professional sport og‘ir. Undan havaskor bo‘lib o‘tib bo‘lmaydi. Yuz foiz fidoyilik zarur. Bu o‘zni deyarli qiynoqqa solish degani – og‘ir va davomli bosim, bir daqiqada yurak urishi 200 ga chiqadigan palla. Har bir ota-onaning bolasiga rahmi keladi. Bu yerda esa psixolog bo‘lib, farzandlarni qo‘llash kerak. Murabbiylarga yordam berish lozim. Nafaqat jismoniy, balki ruhiy tarbiya ro‘y beradi.
Murabbiy asosiy o‘rinni egallaydi. Keyin sportchi, undan so‘ng ota-onalar.
Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikda sportchi uchun “tartib” tushunchasi ostida nima tushuniladi?
Tartib – eng muhim jihat. Ko‘p qiziqishlar vasvasa qiladi. Hammaning do‘sti, tanishlari, sinfdoshlari bor. Ular bilan kafelarda uchrashib, birga suhbatlashishni istaydi. Ayni paytda sportchilarimizning finish chizig‘i to‘g‘ri olimpiadaga qaratilgan – musobaqalarga tayyorgarlik uchun to‘liq diqqatni jamlash.
Ovqatlanish katta ahamiyatga ega. Sportchilar bilan dietologlar shug‘ullanadi. Mashg‘ulot jarayonini, mashg‘ulotlar vaqtida qancha kaloriya sarflanishini nazorat qiladi. Har bir sportchi, har bir sport turi uchun o‘ziga xos alohida ovqatlanish rasioni tuziladi. U muayyan sport turida sarflanadigan quvvat miqdoriga qaraladi. Ba’zan mashg‘ulotlar vaqtida sportchi 2 000 kaloriya sarflaydi va buning o‘rnini to‘ldirish kerak. Masalan, 1 dona banan – 100 kkal, yo‘qotilgan quvvat o‘rnini to‘ldirish uchun 20 ta banan yeyish talab etiladi – juda ko‘p emas. Faqat ovqatning o‘zi yetarli emas, vitaminlar ham zarur. Ular ham har bir sportchi uchun alohida beriladi.

Sportchilar bilan psixologlar uzluksiz ishlaydi. Kuchli bosim vaqtida psixologik yordam katta ahamiyatga ega. Sportchi olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan. Olimpiadaga ilk marta ketyapti. Mazkur vaziyatda o‘ziga xos ajiotaj – hayajon ro‘y beradi. Mana shu yerda malakali sport psixologining o‘rni beqiyos.

Terma jamoa tarkibiga kirgan va olimpiya yo‘llanmasi uchun kurashayotgan sportchilarga stipendiya to‘lanadi.
Yo‘llanmani qo‘lga kiritganlik uchun 100 million so‘m miqdorda pul mukofoti nazarda tutilgan. Olimpiya oltin medali uchun 200 ming AQSh dollari, kumushga – 100 ming AQSh dollari, bronzaga – 50 ming AQSh dollari beriladi.

Olimpiya o‘yinlari nafaqat sportchilar, balki butun mamlakatimiz uchun o‘ziga xos imtihon. Unga tayyormizmi?
Olimpiya davriyligi to‘rt yil davom etadi. Pandemiya bo‘lgani uchun Tokiodagisi biroz cho‘zildi. Sportchilar bellashuvga oshiqyapti. Ular uchun olimpiadaga borish – koinotga uchish bilan barobar! Olimpiya chempioni bo‘lish – vatani, oilasi, o‘zini butun dunyoga tanitish degani. Biz birinchi bosqichdanoq vatanparvarlik hissini tarbiyalash bo‘yicha ish olib boryapmiz. Sportchilarimiz olimpiya terma jamoasiga qabul qilinganda, orqaga yo‘l yo‘q, degan maqsad oldinga chiqadi. Biz yuz foiz tayyorgarlik ko‘rdik. Sport tibbiyoti, o‘tgan davrlarda bo‘lmagan zamonaviy sport texnologiyasidan maksimal darajada foydalanamiz. Sportchining o‘sishini kuzatadigan, uning natijalarini qayd qiladigan tahlilchilar ishlaydi.
Olimpiada – bu sportchi hayotidagi natijaga erishish shart bo‘lgan eng muhim imtihon.
Matn: Irina Silkina

 

Sportchining psixologik muvozanatini saqlash uchun nimalar talab qilinadi?
Individual ish olib boriladi, psixologik barqarorlik bo‘yicha seminarlar o‘tiladi. Murabbiylarning o‘zi psixolog rolini bajaradi. Hammasini o‘zi uddalaydigan irodasi kuchli sportchilar ham bor.

Agar sportchi tartibni buzsa, qanday chora ko‘riladi?
Professional sportchining bunga haqqi yo‘q. Agar tartibni buzsa, olimpiadadagi ishtirokini shubha ostiga qo‘yadi. Masalan, mashg‘ulotlardan keyin tiklanish, ya’ni dam olish o‘rniga do‘stlari bilan ko‘ngilxushlik qilgani ketdi. Yaxshi dam olmagani uchun keyingi kungi mashg‘ulotga tayyor bo‘lmaydi. Organizm ham shunga mos javob beradi. Bir-ikki marta tartibni buzdingmi, uchinchi marta mushaklar jarohat oladi yoki yurak faoliyatida charchoq, ortiqcha og‘irlik seziladi.

Doping sinovi qanday o‘tkaziladi?
Dopingga qarshi milliy agentlik sportchilarni to‘liq nazorat qiladi. Trening va seminarlar olib boradi. Ruxsat berilgan va berilmagan moddalarning doping ro‘yxatini taqdim etadi.
Doping sinovi jiddiy tus olib bormoqda. Shamollashga qarshi oddiy dorilarda ham taqiqlangan preparatning biroz miqdori bo‘lishi mumkin. Professional sportchilar biror dori ichishdan oldin shifokori bilan, albatta, maslahatlashadi. Har bir jamoaning o‘z shifokori bor. Olimpiya qo‘mitasi huzuridagi tibbiy markazning professional mutaxassislari har bir sport turini nazorat qiladi.

Davlat olimpiya chempionlarini qanday taqdirlaydi?

0
    0
    Ваша корзина | Sizning savatingiz
    Ваша корзина пуста | Savatingiz bo'shВернуться к покупке | Sotib olishga qaytish