Farzand asrab olmoqchimisiz? Buning tartibi qanday va kimga murojaat qilish kerak?

0

“Bola parvarishi uchun taʼtil beriladimi? Nafaqa to‘lanadimi?” degan savollar sizni qiziqtiryaptimi? Sahifamizni diqqat bilan o‘qing. Unda o‘zingizni qiziqtirgan savolarga javob olasiz.


Yunusobod tumani hokimligi bolalarni himoya qilish shuʼbasi bosh mutaxassisi Muxlisa Qosimova

Farzand asrab olish tartibi qanday?
– Farzand asrab olish istagini bildirgan shaxs avval tuman hokimligi huzuridagi bolalarni himoya qilish shoʻbasi hamda vasiylik va homiylik organiga ariza bilan murojaat qilishi kerak. Arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1. Turarjoyidan oila aʼzolari ko‘rsatilgan maʼlumotnoma (17-shakl).
2. Ish joyidan maoshi ko‘rsatilgan maʼlumotnoma.
3. Ish joyidan tavsifnoma.
4. Tibbiy hayʼat komissiyasi xulosasi.
5. OITS markazi, teri-tanosil, sil, narkologiya va ruhiy-asab kasalliklari dispanserlaridan hisobda turmaslik haqida maʼlumotnoma.
6. Muqaddam sudlanmaganlik haqida maʼlumotnoma.
7. Ota-onalik huquqidan mahrum qilinmaganlik yoki ota-onalik huquqi cheklanmaganligi, qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan, deb topilmaganlik to‘g‘risida maʼlumot (fuqaroning o‘zi yashab turgan tuman fuqarolik sudidan);
8. Pasport, nikoh guvohnomalari (asli, nusxasi).
9. Farzandlarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari nusxasi (bor bo‘lsa).
10. Turarjoy haqida maʼlumot (uy-joyi orderi, plani, oldi-sotdi shartnomasi).
11. Farzandlikka oluvchilarning tarjimai holi;
12. Vazirlar Mahkamasining 739-sonli qarori asosida yashash sharoiti to‘g‘risida dalolatnoma va bolaning keyingi hayoti va sog‘lig‘i nazorati to‘g‘risida kafolat xati (yashash joyidagi xalq taʼlimi bo‘limi vasiylik va homiylik bo‘limidan).
Vasiylik va homiylik organi mutaxassisi hujjatlarni o‘rganib chiqqandan keyin ushbu fuqaroni potensial farzandlikka oluvchilar ro‘yxatiga kiritib, u asrab olmoqchi bo‘lgan bolaning yoshiga qarab, bolalar uyi yoki mehribonlik uyiga yo‘llanma beradi.
3 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar bolalar uyida parvarishlanadi. 3 yoshdan to taʼlim muassasasini bitirgunga qadar mehribonlik uyida tarbiyalanadi.
Fuqaro ariza bilan murojaat qilgandan keyin 3 kun ichida uy va yashash sharoiti o‘rganilib, potensial farzandlikka oluvchilar ro‘yxatiga kiritiladi.

Bola parvarishi uchun taʼtil beriladimi?
– Ha. Mehnat kodeksining 235-moddasiga ko‘ra yangi tug‘ilgan bolalarni bevosita tug‘ruqxonadan farzandlikka olgan yoki bolalarga vasiy qilib belgilangan shaxslarga 56 kalendar kun, ikki yoki undan ortiq bola olingan bo‘lsa, 70 kalendar kun taʼtil beriladi.
Berilgan taʼtil o‘tgunga qadar bo‘lgan davrda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi. Farzand asrab oluvchilarning xohishiga ko‘ra, bola uch yoshga to‘lgunga qadar uni parvarishlash uchun qo‘shimcha taʼtil berilishi mumkin. Shuningdek, xuddi shu davr uchun hududiy ambulator poliklinika tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa barcha hollarda xodimning haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqarilishi belgilangan. Shu bilan birga nafaqalarni hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan ish haqining barcha turi, shu jumladan, mazkur oyda ish haqi bilan birgalikda to‘lanadigan oylik mukofotlar ularning haqiqatda olingan vaqti bo‘yicha emas, balki ular hisoblab yozilgan vaqt bo‘yicha ish haqiga qo‘shiladi.

Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bo‘lsa…
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11- fevraldagi 4185-sonli qarori hamda Oila kodeksining 22-bobidagi moddalarga ko‘ra yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar patronat shartnomasi asosida oila tarbiyasiga beriladi. Bu jarayonda shartnoma xalq taʼlimi bo‘limi va tutingan ota-ona tomonidan tuziladi. Patronat shartnomasi asosida oila tarbiyasiga berilgan bolalarga har oy bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobarida nafaqa va yiliga bir marta kiyim-bosh uchun yoshiga qarab alohida pul to‘lanadi.
Vasiy yoki homiyning o‘z vasiyligi yoki homiyligidagi shaxsning taʼminotiga doir xarajatlari o‘rni vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Bu mablag‘ yetarli bo‘lmagan taqdirda vasiylik va homiylik organlari belgilangan tartibda uning taʼminoti uchun nafaqa tayinlash maqsadida tegishli organlarga murojaat qiladi, deb ko‘rsatilgan.

Bola muammoli oilada ekani yoki ota-ona nazorati va qaramog‘isiz qolgani to‘g‘risidagi maʼlumot qanday olinadi? Xavotirli signallar qayerdan keladi?
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26- maydagi 110-sonli qaroriga muvofiq:
– bolaning qarindoshlari;
– fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari (oqsoqollari);
– fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organlarining mansabdor shaxslari (fuqarolarning o‘limini ro‘yxatdan o‘tkazishda ota-onasi qarovisiz qolgan bolalar mavjudligi maʼlum bo‘lganda, shuningdek, boshqa hollarda);
– sudlar (fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etish, uni vafot etgan deb eʼlon qilish to‘g‘risida qarorlar chiqarilganda, qaramog‘ida voyaga yetmagan bolalar mavjud bo‘lgan shaxslarni qamoqqa olishda yoki ozodlikdan mahrum etishda, shuningdek, bolalar ota-onasining qarovisiz qolgan boshqa hollarda);
– muassasalar: maktabgacha taʼlim, umumtaʼlim, davolash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish va boshqa muassasalar, jamoat birlashmalarining mansabdor shaxslari;
– bolalarning ota-onasining qarovisiz qolgani to‘g‘risida ularga maʼlum bo‘lgan fuqarolar tomonidan taqdim etiladi.

0
    0
    Ваша корзина | Sizning savatingiz
    Ваша корзина пуста | Savatingiz bo'shВернуться к покупке | Sotib olishga qaytish