Farhod Safarov. Baxt izlab

0

 

U poytaxtga baxt va omad izlab keldi. Bugun baxtli bo‘lish uchun mamlakatning barcha hududidan odamlar uning kompaniyasi koll markaziga  qo‘ng‘iroq qiladi. Ikki ming juftlikning ota-ona bo‘lish orzusi ushaldi. Farhod Safarov virtual klinikasi misolida O‘zbekistonda telemeditsina haqidagi butkul tasavvurni o‘gartiradi.

Farhod Safarov, 32 yoshda. 1989-yili Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan. 2011-yili Toshkent farmatsevtika institutining farmatsiya fakultetini bitirgan. Farmatsevt, tadbirkor, quyidagi 6 loyiha asoschisi: Doraline farmkompaniyasi, Planbaby.uz loyihasi, Planbaby klinikasi, Anest pharma, DORA Collection,  Otto, Dora IT loyihasi.
[Логотипы вставить]

– Farmatsevtika institutiga qanday qilib  kelib qoldingiz?

Onam «Oilamizdan  hali shifokor chiqmagan», deya meni kimyo-biologiya bilan shug‘ullanishga ruhlantirgan. Boshida bu fanlarni juda yomon ko‘rardim… 

Meni sinab ko‘rgan repetitor tibbiyot oliygohiga bilimim yetmasligini aytdi. «Undan ko‘ra farmatsevtika institutiga topshirgin, u yerda ham oq xalat kiyib ishlaysan», deya maslahat berdi.

 


Undan ko‘ra farmatsevtika institutiga topshirgin, u yerda ham oq xalat kiyib ishlaysan.

 

2005-yilda bitta xalat va papkani qo‘ltiqlab, poytaxtga kelganman. Shartnoma asosida o‘qiganim sababli ota-onamga og‘irim tushishini istamasdim. 2-bosqichdaligimda dorixonaga ishga joylashganman. 

Bir kecha yotoqxonada yotsam, bir kecha dorixonada qolardim. Maqsadim bitta edi – o‘qish, o‘zimni taʼminlash va ota-onamga og‘irimni solmaslik.  Bir kuni hatto bir so‘m pulim qolmaganidan mardikor bozoriga chiqib, uch kun ishlaganman.

Врезка: Bir kuni hatto bir so‘m pulim qolmaganidan mardikor bozoriga chiqib, uch kun ishlaganman.

O‘qishni bitirgach, dorixonadagi ishdan bo‘sh vaqtimda farmatsevtika kompaniyasida tibbiy vakil sifatida ish boshlaganman. O‘shanda dorilarning 90 foizi O‘zbekistonga import qilinishi eʼtiborimni tortardi. Bu dorilarni o‘zimizda ishlab chiqarsa bo‘lmaydi, degan savol meni qiynardi. 

O‘z ishimni vitamin ishlab chiqarishdan boshlashga ahd qildim. Sotishni bilardim, endi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish istagini ro‘yobga chiqarish kerak edi. Biznes g‘oyalarimga mablag‘ yig‘ish uchun menga transport kerak bo‘lib qoldi.

Birinchi investitsiyamga otam yordamlashdi, yaʼni biznesimga 4 ming dollar kiritdi.

2014-yili «Doraline» MChJ korxonasini ochdim. Keyingi yili esa ilk preparatimiz SUPER KALSIY D3 sotuvga chiqdi. Ushbu preparatning meʼyoriy hujjatlarini tayyorlash uchun rosa ko‘p yugurganman. Rasmiy idoralar eshigi tagida sutkalab o‘tirgan vaqtlarim bo‘lgan. Nihoyat, bir yil deganda mashaqqatli bosqichlardan yolg‘iz o‘zim o‘tib, ruxsatnoma olganman. Xitoydan buyurtma qildirgan birinchi uskunam hozir muzeyimizda turibdi.

 

Врезка:
Xitoydan buyurtma qildirgan birinchi uskunam hozir muzeyimizda turibdi

Ijaraga olingan 80 kvadrat metrli kichkina xonada dori ishlab chiqarganmiz. Ishlab chiqarish kunidanoq sotuvni yo‘lga qo‘yganman. Yana bir yildan keyin hisobda ikkinchi va kompaniya uchun eng omadli, istiqbolli bo‘lgan preparat Super Magniy B6 ni ishlab chiqarganmiz. U biznesimizni kuchaytirishga yordam bergan. 2017-yilda sanoatimizga yana olti xil vitamin, biologik faol qo‘shimchalar qo‘shilgan.

Hayotingizning har bir bosqichida maqsad almashtirdingizmi?

Oilali bo‘lganimdan keyin maqsadim yanada kattalashdi. Oilamni boqish, ota-onamga yordam berish, uy-joyli bo‘lish, orzularimga erishish. Vazifalar ko‘p edi. Quvvatim va ko‘zim yetmaydigan g‘oyalarni amalga oshirmayman. Bilasizmi, hozir eng qimmat resurs vaqt bo‘lib qoldi.

Hozir qaysi bosqichdasiz?

Hozir investitsiya kiritish bosqichidaman. Maqsadimga erishib kelyapman. O‘zimni baxtli insonlardan biri deb bilaman. Oilam, uch qizim bor, ota-onam sog‘-salomat. Shukr qilaman. Moliyaviy muammolarning barchasi yechilgan. 

Endi ko‘proq investitsiya kiritib, loyihalarni rivojlantirishimiz kerak. Maqsadim yagona – insonlar hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirish, ularning muammolarini yechish va baxtli bo‘lishiga erishish. Er-xotin kelib farzandli bo‘lsa, ana shu eng katta quvonch va zavqimiz. 

Doraline kompaniyasining hozirgi holati qanday?

Kompaniyamiz butun respublika bo‘ylab o‘z filiallariga ega. Har bir filialning o‘z menejeri va o‘nlab xodimi bor. 30 xilga yaqin biologik faol qo‘shimchalarni ishlab chiqaramiz. Probiotik, mineral, aminokislota va vitaminlar shular jumlasidan. Dorivor o‘simliklar asosida tayyorlanayotgan preparatlarimiz ham mavjud. 

Doraline farmatsevtika kompaniyasi o‘z zavodiga ega. Unda 40 ga yaqin xodim faoliyat olib boradi. Zavod to‘liq zamonaviy texnika bilan jihozlangan. Sashe, kapsula, tabletka va granula ko‘rinishidagi mahsulotlarni ishlab chiqaramiz. Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalariga eksportni yo‘lga qo‘yganmiz. 

 

Отдельным блоком

Yillik ishlab chiqarish quvvati: 

876 million tabletka

44 million kapsula

42 million blister

16 million sashe

13 ta filial

Zavod hududi: 2,5 ming kvadrat metr  

20 ta zamonaviy ishlab chiqarish uskunasi


Врезка: Boshlanishida ko‘pchilik menga ishonmagan. Bugun respublika bo‘ylab Doraline farmatsevtika korxonasining  200 nafar xodimi faoliyat yuritadi.

 

Bugun respublika bo‘ylab Doraline farmatsevtika korxonasining 200 nafar xodimi faoliyat yuritadi. Biz  ISO 22000 sertifikatini olishga erishdik. Shu tufayli mahsulotimizni xalqaro bozorga chiqarish imkoni tug‘ildi.

Virtual klinikangiz qanday paydo bo‘ldi?

2019-yili Planbaby.uz loyihasi dunyoga keldi. Bepushtlikni davolash hamda ayollar va erkaklar reproduktiv salomatligini tiklash maqsadida erkaklar uchun “Sperolin” va ayollar uchun “Mammolin” preparatlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Ularning tarkibida aminokislota, vitamin va minerallar kompleksi bor. Asosiy taʼsiri reproduktiv aʼzolarda qon aylanishini yaxshilaydi. Natijada erkaklarda urug‘, ayollarda tuxum hujayrasining sifatli bo‘lishiga yordam beradi. Ushbu preparatlardan respublika bo‘ylab minglab shifokorlar ham foydalanib, ijobiy natijaga erishib kelyapti. 

Top Telegram kanallarida mahsulotlarimizni reklama qildik. Buning natijasida kuniga yuzlab qo‘ng‘iroq bo‘la boshladi. Bu vaqt aynan pandemiya davriga to‘g‘ri kelgani bois odamlar uydan chiqa olmay, ko‘proq onlayn yordam so‘rardi. Shu tariqa virtual klinikamiz paydo bo‘ldi. 

 

Врезка: To‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan reklama har qanday biznesga kuchli turtki bo‘ladi

Koll markazni ishga tushirdik va tibbiy maʼlumotga ega 10 nafar xodimni ishga oldik. Mutaxassislarimiz masofadan turib bemorlar muammosiga yechim topadi. 

Onlayn murojaatlardan tashqari odamlarda mutaxassislarimiz bilan yuzma-yuz uchrashish talabi yuzaga keldi. Joriy yil fevral oyidan Yunusobod tumanida Planbaby klinikamiz faoliyat boshladi. 

Chet elda telemeditsinaga doir cheklovlar mavjud. Yaʼni shifokor bemorini ko‘rmay turib, davolay olmaydi, degan qoida bor.

Bizda ham bunga ruxsat berilmaydi. Ammo bizning faoliyatimizga taqiq qo‘yilmagan. Chunki Planbaby.uz biologik faol qo‘shimchalarni taklif qiladi. Virtual klinikamizning o‘ziga xos tomoni shuki, u psixologik jihatdan davolaydi. Maslahat vaqtida nafaqat preparat tavsiya qilinadi, balki psixoterapiya ham o‘tkaziladi. Biz bepushtlikdan aziyat chekkan insonlarning ruhiyatini ko‘tarishga harakat qilamiz.  

Bemorning birinchi qo‘ng‘irog‘idan boshlab, orzusidagi ikki chiziqqa erishish jarayonigacha bo‘lgan yo‘lni aytib bering.

Dastavval bemor qo‘ng‘irog‘ini operator qabul qiladi. Agar er-xotinda tibbiy tomonlama jiddiy muammolar bo‘lmasa, preparat haqida batafsil maʼlumot beriladi. Zarur holatlarda mutaxassislarimiz qo‘shimcha tahlillarni tavsiya etishi mumkin. Mahsulotlarimizni ichayotgan bemorlar uch oy davomida mutaxassislar nazoratida bo‘ladi. Agar anamnezda, masalan, bachadon nayi yopiq, infeksiya va boshqa holatlar aniqlangan bo‘lsa, preparat tavsiya qilinmaydi. Bunday vaziyatda statsionar yoki ambulator davolash tavsiya etilib, keyin qayta murojaat qilish maslahat beriladi. 

Blok
Koll markaz quyidagi tartibda ishlaydi:

1-bosqich

Qo‘ng‘iroq qabul qilinib, kerakli mutaxassis qayta bog‘lanishi aytiladi.

2-bosqich

Zarur mutaxassis bog‘lanadi.

3-bosqich 

Amaliyotdagi shifokorlar tahlil javoblariga qarab xulosa beradi.

Har bir bemor uchun karta ochiladi va ushbu jarayon CRM tizimga ulanadi. Koll markazga qo‘ng‘iroqlar anonim hisoblanib, faqat bir xodimimiz tomonidan tekshiriladi. 

Korxonangizga qanday kadrlar kerak?

Talabgorlar, avvalo, sohamiz va qadriyatlarimizga yaqin bo‘lishi lozim. Koll markazimizda ishlashni istaydiganlar oliy tibbiy maʼlumotga ega bo‘lishi shart. Qolaversa, gapga chechanlik, shirinso‘zlik, muloyimlik kabi xislatlar ham talab etiladi. O‘zim rahbar sifatida tibbiyotdan boshqa yo‘nalishlarda ishlaydigan xodimlardan diplom talab qilmayman. Menga insonning korxonaga beradigan foydasi, tajribasi va jamoamizga ishonchi muhim. Planbaby.uzga kelgan tibbiy maʼlumotli operator uch bosqichli malaka oshirishdan o‘tadi hamda imtihon topshiradi. Xodimlar vaqti-vaqti bilan attestatsiyadan o‘tib turadi. Maqsadimiz shunchaki preparatni sotish emas, balki yordam berish orqali bemorning sog‘lig‘ini tiklab, farzand ko‘rish quvonchini baxsh etish. Onlayn klinikaning o‘ziga yarasha murakkab jihatlari bor, ammo biz har qanday holatga tayyor turishga harakat qilamiz.   

Mijozlar qaysi bosqichda sizlarga pul to‘laydi?

Mahsulot olingach, pul to‘lanadi. Barcha maslahat tovar narxiga qo ‘shib hisoblanadi. Planbaby.uz maslahati va mahsulotlarni yetkazib berish bepul. To‘plamga yaxshi niyat bilan homiladorlik testini ham solib qo‘yganmiz. 

Preparatlarni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma, shuningdek, farzandli bo‘lgan baxtli oilalarning hikoyalari, malakali shifokorlarning mahsulotlarimiz haqidagi fikrlari o‘rin olgan kitobcha ham bor. Aslida virtual klinikalar hali nisbatan yangi yo‘nalish. Tibbiyotimizda esa mavzular ko‘p, ularning har biri bo‘yicha virtual klinikalar tashkil etish mumkin.     

Rejalaringiz…

Biz Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni kuchaytirmoqchimiz. Bundan tashqari, Turkiya, Rossiya, Janubiy Koreya farmatsevtika bozoriga ham kirib borishni maqsad qilganmiz. Keyingi qadamimiz esa dunyo bo‘ylab brendimizni tanitish.    

Sizningcha, O‘zbekistonda dijital, virtual klinikalar, telemeditsinaning rivoji, istiqboli qanday?

Bu kelgusida, albatta, rivojlanadigan soha. Ko‘p chet davlatlarda taraqqiy etgan. Bilasizmi, hozir aksariyat davlatlarda eng yaxshi shifokorlar qabuliga kirish ancha qimmat – 100–300 dollargacha yetishi mumkin. 

Shuning muqobili sifatida virtual klinikalar ustunlik qilmoqda. Ular oflayn klinikalar o‘rnini bosish uchun ortiqcha xarajatni chetlab o‘tish,  bemorlarga pul tejash  imkonini beradi. Virtual klinikalar, ayniqsa, uzoq masofada juda qo‘l keladi. Agar masofadan davolanish imkoni bo‘lsa, telemeditsinaga talab yuqori bo‘lib qolaveradi.  

Tavsiyalaringiz naf berganini, omadli yakun topganini qanday aniqlaysiz?

Planbaby.uz klinikasiga shu kungacha 10 minglab bemor murojaat qilgan. Natijaga erishgan oilalar esa 2 mingdan oshdi. Ularning natijasi haqidagi maʼlumotlar himoyalangan telegramm guruhimizga kelib tushadi. Ushbu jarayonning barchasi anonim. Olingan natijasi haqida fikr bildirishga rozi bo‘lgan oilalarni videotasvirga olamiz va yutubdagi kanalimizga joylaymiz. [QR код ютуб канала planbaby]  

 

Врезка: Planbaby.uz klinikasiga shu kungacha 10 minglab  bemor murojaat qilgan. Natijaga erishgan oilalar esa 2 mingdan oshdi.

Bilasizmi, Planbabyning istiqbolli bo‘lishiga aynan hissiyot sabab. Shunday vaqtlar bo‘ldiki, reklamaga behuda pul sarfladik. Keyin esa reklamalarimizga hissiyot bera boshladik. Yaʼni insonlarning dardi, kechinmasi, ko‘zyoshi, keyinroq esa baxtli tabassumini qo‘shdik. Bu insonlarning qalbiga yetib bordi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri reklamalar urfdan qoldi, bugun hissiyot muhim o‘rinda. Keyinchalik Planbabyning moʻjazgina jurnalini chiqarish niyatim ham bor. 

Biznesni yuritish uchun shaxsiy qoidalaringiz bormi?

Korxona strategiyasini o‘zim belgilayman. Qolaversa, xavfsizlik uchun ham men javob beraman. Yaʼni korxonam uchun qalqon bo‘lishim kerak. Ishga ertaroq kelishni, shuningdek, xodimlarning oldiga borib, ular bilan shaxsan suhbatlashishni afzal ko‘raman. Ularni xonamga chaqirmayman.

Yutuqlarim zamirida butun jamoamning hissasi bor, ular bilan faxrlanaman. Ular ichida Doralayn farmkompaniyasi direktori Farrux Safarov va Planbaby.uz rahbari Elbek Vohidovlar ham bor. Tashqarida maslahatlashadigan konsultantlarim o‘z sohasining ustalari. 

Bir masalani yechish uchun jamoamiz bilan maslahatlashib, birgalikda hal qilamiz. Xodim oldiga vazifa qo‘yildimi, u o‘z vaqtida bajarilishi shart. Mabodo bunday bo‘lmasa, asabiylasha boshlayman, bu punktual inson bo‘lganligimdan darak bersa kerak. Kadrlarni boshqarish tizimi o‘z ishiga fidoiy, kompaniyaga yutuq keltiradigan xodimlarga moliyaviy mukofot berishni nazarda tutadi. 

Otam ham maslahatgo‘yim. Neki yutuqqa erishsam, darrov ota-onamga qo‘ng‘iroq qilib, duolarini olaman.    

Rahbar sifatida treninglarda ko‘p ishtirok etasizmi?

Institutni tugatib, ko‘proq ish bilan band bo‘lganman. Bugun o‘sha bo‘shliqlarni to‘ldirishga harakat qilyapman va qo‘shimcha taʼlim olayapman. Xodimlarim bilan birga biznesni boshqarish bo‘yicha treninglarga qatnaymiz. Ular bilan birga o‘sib kelayapman.

Hozirgi kunda Alisher Isayevning “Milliard” klubiga aʼzoman. Mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokidagi netvorking. Tajriba almashamiz. Menejmentni aynan shu klubda o‘rganayapman, yana chet eldagi treninglarda ham. 

Ish kuningizni tasvirlab bering?

Ikki nafar katta qizimni maktabga va bog‘chaga olib boraman, kichigi Samira uyda koladi. Ertalabdan uchrashuvlar bo‘lmasa, oilam bilan sevimli kafemga kirib soat 9 ga qadar nonushta qilishni yaxshi ko‘raman. 

Bugungi kunda vaqtim ko‘proq marketing bo‘limida o‘tayapti. O‘zim shu yo‘nalishga qiziqaman. Chiqarayotgan mahsulotlarimiz, qilayotgan ishimizni ko‘rsatib berishda o‘zim ham bevosita ishtirok etishni istayman. 

Ustozlaringiz kim?

Avvalo otam. U hayotimda doim tirgak bo‘lib kelgan. Atrofimdagi insonlar, do‘stlarimdan ko‘p narsa o‘rganganman. Yana xatolarimga ham qarab xulosa chiqaraman.

Intervyu: Ziyodaxon Ikramova

0
    0
    Ваша корзина | Sizning savatingiz
    Ваша корзина пуста | Savatingiz bo'shВернуться к покупке | Sotib olishga qaytish