Detoks: qanday bajarish kerak va kerak emas

0

So‘nggi vaqtlarda “detoks” tushunchasi byuti va fitnes bloglarda shunchalik ko‘p uchrayaptiki, u hatto mashhur “parhez” so‘zini siqib chiqardi. Fitnes-gurular va STT-ekspertlari, Gollivud yulduzlari va TO tarafdorlari detoks qo‘shinini mag‘rur boshqarib bormoqda, internet tarmog‘ida esa detoks-retritdan o‘tmoqchi bo‘lgan, detoks-menyuni tatib ko‘rish istagida yongan yoki detoks-vorkautni istaydigan ko‘ngillilar turnaqator bo‘lib turibdi. Umumiy amaliyot shifokori va parhezshunos shifokor Antoniy Malkov bilan birga “detoks” atamasini tahlil qilamiz va uning faoliyatiga aniqlik kiritamiz. Xo‘sh, u chindan ham samaralimi?

 

Detoks nima?

Biologik zaharlar toksinlar deyiladi. Miqdoriga qarab bir xil modda ham zaharli, ham zaharsiz bo‘lishi mumkin. Istalgan moddaning miqdori organizmimizda ortib ketsa, zaharlanish chaqiradi. Hatto suv ham zaharli bo‘lishi mumkin va isteʼmol miqdori bir sutkada 6 litrdan oshib ketsa, suvli zaharlanishni keltirib chiqaradi.

Detoks (yoki detoksikatsiya) tibbiy til bilan aytganda, organizmdan zaharni sunʼiy yoki tabiiy yo‘l bilan chiqarib yuborish degani.

Sunʼiy detoksikatsiya – bu organizmdan zaharli moddalarni chiqarib tashlash va nofaollashtirish maqsadida turli usullardan foydalanish. Masalan, oziq-ovqat bilan zaharlanishda oshqozon yuviladi va sorbentlar (faollashtirilgan ko‘mir) qo‘llaniladi. Buyrak yoki jigar yetishmovchiligida moddalar almashinuvining tabiiy mahsulotlarini olib tashlash uchun gemodializ o‘tkaziladi.

Organizmga yordammi yoki marketing nayrangi?

Organizmimizdagi tabiiy detoks doimo sodir bo‘ladi. Buning uchun asosan jigarning sitoxromoksidazali vazifasi javob beradi. U zaharli moddalarni kimyoviy usulda yog‘siz holatga keltiradi. So‘ng ushbu birikmalar organizmdan buyrak, safro suyuqligi, teri qoplamalari orqali chiqib ketadi. Bu yo‘lga qo‘yilgan tizim va ko‘p hollarda mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Muhimi, unga halaqit qilmaslik.

Organizmga qanday qilib yordam berish kerak?

Agar tanangizni “tozalamoqchi” bo‘lsangiz, sorbentlarni o‘zboshimchalik bilan qabul qilmang. Bu vitaminlar va boshqa foydali moddalarning so‘rilishini yomonlashtirishi mumkin.

Organizm detoksikatsiyasini o‘tkazishning eng oson yo‘li, bu uni zaharli moddalar bilan “ifloslantirmaslik”. Jo‘n tuyulsa-da, bu ish beradigan jarayon. Spirtli ichimliklarni ichmang, tamaki chekmang, toza havodan nafas oling va toza suv iching. 12-16 soatga taomlanishdan tiyiling, tanangizga dam bering. Bu vaqt oralig‘ida suv ichish mumkin.

Meva va sabzavotlardagi kletchatka sorbsion xususiyatga ega bo‘lib, motorikani faollashtiradi va safro suyuqligining ajralib chiqishini osonlashtiradi (masalan, lavlagi sharbati). Bu o‘z navbatida organizmdan almashinuv moddalarini chiqarib tashlashga yordam beradi.

«Detoks dasturlar» deya nomlanuvchi idishdagi smuzilar foyda beradimi? Har bir mahsulotni alohida ko‘rib chiqish kerak. Birinchi navbatda organizm uchun zarari nuqtai nazaridan. Agar 100 ml smuzi tarkibida 5-10 gr shakar bo‘lsa, bunday aralashma kletchatkali sharbatdan ortiq darajada emas, u qand miqdori va insulinni ko‘taradi, shuning uchun metabolik sindromi va qandi bor odamlar ulardan tiyilib turishi maqsadga muvofiq. Muddatlari va saqlash sharoitlari bilan, albatta tanishib chiqing. Mahsulot tozalangan bo‘lishi lozim. Bu vitaminlarni saqlab, mikroorganizmlarni yo‘q qilishga imkon beradi.

Ortiqcha pul sarflash kerakmi? Bizning davlatda shart emas. Yaxshisi mavsumda ko‘payadigan meva va sabzavotlarni isteʼmol qiling.

Ikki karra foyda olishning ilojisi bormi? Meva-sabzavot olgani bozorga yayov borib keling. Jismoniy faollik – bu yurak-tomir tizimiga koni foyda.

Valeriya Muradova

 1,365 

0
    0
    Ваша корзина | Sizning savatingiz
    Ваша корзина пуста | Savatingiz bo'shВернуться к покупке | Sotib olishga qaytish